“Kopa Amerika-2016” turnirining “A” guruhi 2-turida musobaqa mezboni AQSh terma jamoasi Kosta-Rika futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu uchrashuvda Yurgen Klinsman shogirdlari 4:0 hisobida zafar quchishdi. 9 daqiqada Klint Dempsi hisobni ochgan bo`lsa, Jons 37 daqiqada hisobni oshirdi. Bo`lim yakunlanishiga 3 daqiqa qolganida Vud hisobni yirik ko`rinishga olib keldi.
O`yindagi so`nggi golga 87 daqiqada Zusi mualliflik qildi. AQSh ushbu g`alabadan keyin 3 ochko bilan ikkinchi o`ringa chiqib oldi.
AQSh – Kosta-Rika 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 9, penalti Dempsi, 2:0 – 37 Jons, 3:0 – 42 Vud, 4:0 – 87 Zusi.