O`zbekistondagi bir qator nashrlarda Luis Suaresning Samarqandga kelgani haqida xabarlar tarqalib ketgandi. Shunga o`xshash xabarlar hamon atrofda tarqalmoqda.Mazkur xabarlar qanchalik rost ekanini tekshirish maqsadida Darakchi.uz nashri kichik izlanish olib bordi.
Luis Suares bir yil avval, aniqrog`i 2015 yilning 1 aprel sanasida“Instagram”dagi sahifasiga oilasi bilan tushgan suratini yuklagan va ushbu suratga “Disfrutando el día hermoso con mis amores !!!! Los amo mucho” ya`ni “Ajoyib kunni sevimli insonlarim bilan o`tkazyapman !!!! Sizlarni yaxshi ko`raman” deya izoh bergan.
Ushbu suratga izoh qoldirgan bir nechta foydananuvchilar bu Samarqand ekanini ta`kidlagan, ba`zilari esa buni rad etgan. Mana shu asossiz kommentlarga tayanib bir qator ko`zga ko`ringan nashrlar Suaresning Samarqandga kelgani haqida shov-shuv ko`targan.
Ispaniyaning mashhur El Mundo Deportivo nashri Suaresning ushbu suratiga izoh berarkan, uning oilasi bilan Barselonadagi hayvonot bog`iga borganini ta`kidlaydi.
“Urugvaylik futbolchi bo`sh vaqtidan unumli foydalanish uchun turmush o`rtog`i Sofiya Balbi hamda farzandlari Delfina va Benjamin bilan 1892-yilda qad rostlagan binolarda ko`zdan kechirdi”, – deydiladi El Mundo Deportivo chop etgan xabarda.
Luis Suaresning Samarqandga kelgani haqidagi xabar faqat mahalliy matbuotda tarqaldi. Xulosa qilib aytish mumkinki, agar u mamlakatimizga tashrif buyurganida, bu haqda ko`plab xorij nashrlari ham ma`lum qilgan bo`lardi.