Му5
8

Hayotingizni engillashtiruvchi 6 ta mobil dastur

Hi-tech 20.06.2016, 10:59
Теглар: Apple, iPhone
9542
Hayotingizni engillashtiruvchi 6 ta mobil dastur

Biz bugungi kunda hayotimizni smartfonlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Bu hayratlanarli holat emas: Axir ular vositasida biz o`zimiz uchun foydali dasturlarni yuklab olishimiz mumkin. Mazkur dasturlar esa nafaqat vaqtimizni sermazmun o`tkazishga yordam beradi.
 
Yo`qolib qolgan smartfonni qanday topish mumkin? 
Android

Ba`zan telefonimizni qaerga qo`yganimiz esdan chiqadi. Mana shunday paytlarda biz uni topish uchun ozmuncha kuch sarflamaymiz. Biroq bu ishni osongina uddalaydigan mobil dastur bor: Clap! Phone Finder. Mazkur dasturni yuklab olgan bo`lsangiz, qo`llaringiz bilan chapak chaling. Shunda smartfon qaerda ekanligini o`zi “aytadi”. Undan taralayotgan ovoz va uning balandligini esa o`zingiz belgilaysiz. Mazkur dastur 2 % akkumulyator quvvatini talab qiladi. 

Televizor pulti buzilib qolsa...
iOS, Android

Remote Mouse dasturi yordamida televizor yoki kompyuetrni telefon vositasida boshqarishingiz mumkin. Televizor pulti sinib yoki yo`qolib qolganida bu dastur sizga qo`l keladi. 

Qaysi kiyimimni kiysam ekan?
iOS va Android

GoodLook — Moda va uslub bo`yicha mobil maslahatchi. U sizga qaerga qanday ko`rinishda borish va kiyimingizni boshqa aksessuarlar bilan moslashtirish haqida maslahatlar beradi. Har kuni AQShlik va rossiyalik stilistlar so`nggi urfdagi erkaklar va ayollar liboslari haqida ma`lumotlar beradi. 

Qo`shiqni kim aytyapti?
iOS, Android 

SoundHound dasturi yordamida bizga yaqin hududda yangrayotgan musiqa haqida ma`lumotlar olishimiz mumkin. Bizdan talab etiladigani dasturdagi sariq rangdagi tugmani bosish. Shu ondayoq smartfon ekranida qo`shiq haqidagi ma`lumotlar va uning so`zlari paydo bo`ladi. Agar qaysidir qo`shiq sizga yoqib qolsa, undan ozgina parcha kuylasangiz, smartfon shu ondayoq mazkur taronani topib beradi. 

Barvaqt turish uchun nima qilish kerak?
Android

 
Hammamiz erta tongda uyg`onishimiz kerak bo`lgan vaqtni uyg`otgichga kiritishga odatlanganmiz. Biroq uyg`onadaigna vaqtimiz kelganida esa uyg`otgichni takror-takror o`chiramiz va yana uxlashda davom etamiz. 

Bu yomon odatimizdan voz kechishda bizga Puzzle Alarm Clock dasturi yordam beradi. Dastur sizni uyg`otmasdan vo`ymaydi. Tinimsiz yangrayotga6n musiqa to`xtashi uchun savol va topishmoqdarga javob berishingiz kerak.

Telefon suhbatlarini yozib olish mumkinmi?
Android

Telefondagi suhbatlar vaqt o`tib kerak bo`lib qolishi mumkin. Ammo Android tizimidagi smartfonlarda mazkur funksiya ko`zda tutilmagan. Automatic Call Recorder mobil dasturini yuklab olsangiz, siz telefondagi suhbatlarni yozib olishingiz va ularni saqlab qo`yishingiz mumkin. 

Dasturni yuklab olganingizdan so`ng uning sozlamalarini to`g`irlang. Har bir suhbat tugaganidan so`ng smartfon ekranida uning muvaffaqiyatli yozib olinganligi haqidagi ma`lumot paydo bo`ladi. 

Chet tilini o`rganishimizga ko`maklashuvchi dastur
iOS, Android

Words dasturi ingliz tilidagi so`zlarni o`rganish uchun yaratilgan. Dasturdagi 26 ta mavzuli bloklardan o`zingizga keraklisini tanlab oling. Words lug`ati esa   noto`g`ri fe`llar va iboralardan iborat. Siz qandaydir so`zni eslab qolishga qiynalayotgan bo`lsangiz, bu maxsus test orqali aniqlanadi va dastur xotirangizni mustahkamlovchi topshiriq beradi.

Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Шарҳлар

Shohruhxon turmush o`rtog`i Asalni tavallud kuniga nima sovg`a qildi? (foto)

07.04.2017, 11:44

Avval xabar berganimizdek 6 aprel kuni aktrisa Asal Shodieva o`zining tavallud ayyomini nishonladi. Aktrisaning tavallud kuni bilan qutlovlar kun davomida “Instagram” ijtimoiy tarmog`ini tindirmadi.Aktrisaning turmush...
​Moskvalik talaba yigitni iPhone orqali tok urdi

10.03.2017, 16:33

Moskvada smartfoni orqali tok urgan suriyalik talaba yigit kasalxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. 22 yoshli Rateb Alfanus quvvatlantirish uchun qo`yilgan iPhone...
​Olmaliqda “iPhone” va “Samsung” tutib yurgan 2-sinf bolasiga talonchilar hujum qildi

17.02.2017, 10:25

Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo`limiga 1970 yilda tug`ilgan fuqaro murojaat qilib, uch noma`lum shaxs Oydin dahasi hududida o`g`li - Akademik liseyning 2-sinf o`quvchisini...
​Apple dunyodagi eng qimmat brend nomini qo`ldan boy berdi

03.02.2017, 15:16

Dunyodagi eng qimmat brend nomi edilikda Google’ga tegishli – uning qiymati 2016 yil boshidan to 2017 yil boshiga qadar 88,2 dan 109,5 milliard dollarga ko`tarildi.Bu...