my5
Sevimli

Toshkentda jahon standartlariga mos yangi urologiya markazi ochiladi

Mutolaa 22.06.2016, 16:12
Теглар: Salomatlik, Tibbiyot
Toshkentda jahon standartlariga mos yangi urologiya markazi ochiladi

«Hamshira pinsepni uzating. Qaychini tayyorlang!» Bugun mazkur iboralarni 10-15 yil muqaddam suratga olingan filmlarda eshitib qolmasangiz, hayotda uchratishingiz qiyn. Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarrohlik amaliyotlarini kam shikast etkazgan holda zamonaviy texnika qurilmalari yordamida o`tkazish imkonini berayapti. Bu borada urologiya yo`nalishida amalga oshirilayotgan amaliyotlarni ham alohida ta`kidlash joiz. Poytaxtimizda ish boshlashi kutilayotgan yangi urologiya markazi bosh shikofori Oybek RAHMONOV sohada erishilayotgan yutuqlar, yangiliklar va yangi tibbiyot markazi haqida so`zlab berdi. 

—  Bugunga kelib, urologik muammolar, xususan siydik tosh kasalligini davolashda zamonaviy muolaja usullari qo`llanilayapti.  Bu avvalgilariga qaraganda qanday afzalliklarga ega?

—  Urologik kasalliklar haqida so`z borganida, bemorning o`z vaqtida shifokorga murojaat etishi g`oyat muhim ekanligini alohida ta`kidlamoqchiman. Erta muddatlarda aniqlangan xastalikni davolash osonroq kechadi. Darhaqiqat, bugun siydik tosh kasalligini muolaja qilishda masofaviy litotripsiya usuli keng qo`llanilmoqda. Bunda peshob yo`llaridagi tosh qurilmadan tarqalayotgan to`lqin zarbasi ta`sirida maydalanib, siydik ajratish orqali chiqib ketadi. Zamonaviy davolash usullaridan yana biri yumshoq to`qimada kichik teshik hosil qilish orqali bajariladigan amaliyotdir. Garchi terida kesim hosil qilingan bo`lsada operasiyadan keyin hech qanday chandiq qolmaydi. Endovizual texnologiyalar yordamida o`tkazilgan operasiyadan so`ng bemor tez fursatda oyoqqa turib, oddiy hayot tarzini davom ettira oladi.

—  Siz aytayotgan yuqori texnologiyalar mamlakatimiz tibbiyot muassasalarida ham mavjudmi?

—  Endovizual jarrohlik amaliyotlari bir qancha tibbiyot muassasalarida yo`lga qo`yilgan. Yaqin kunlarda ish boshlashi rejalashtirilayotgan Urologic Complex markazi ham barcha turdagi yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan.  Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda etakchi hisoblangan kompaniyalar bilan hamkorlikda markazga eng so`nggi rusumdagi texnika qurilmalarini keltirdik. Shifokorlarimiz siydik tosh kasalliklari, prostata adenomasi, peshob yo`li infeksiyalari va erkaklardagi bepushtlik kabi muammolarni davolashda zamonaviy muolaja usullarini taklif etishadi. 

—  Eshitishimizcha, markazdagi muolaja xonalarining sanitariya-gigiena holatiga juda katta e`tibor qaratilgan.  

–  Haqiqatan ham shunday. Muolaja xonalari mikrob va infeksiyalardan xoli bo`lmas ekan, bemor hayoti xavfda qolishi mumkin. Bu kabi holatlarning oldini olish uchun markazdagi operasiya bo`limining chizmasi ustida alohida ish olib borildi.  Padana Cleanroom italyan kompaniyasi bilan hamkorlikda operasiya bo`limi tashqaridan mikrob va infeksiyalar kirishiga to`sqinlik qiluvchi maxsus HPL qoplami bilan jihozlandi.  Operasiya xonalarida havo tozaligini nazorat qiluvchi uskunalar o`rnatilgan. 

Jarrohlik amaliyotidan so`ng bemor barcha qulayliklarga ega palataga o`tkaziladi. Har bir palata  so`nggi rusumdagi ko`p funksiyali karavat, transformer – tumbochka, kislorod uzatish uskunasi va hamshirani chaqirish qurilmasiga ega. Xona shiftiga havo haroratini nazorat qiluvchi qurilma o`rnatilgan bo`lib, o`ttiz daqiqa ichida xonani mikrob va bakteriyalardan tozalash imkonini beruvchi «Aerolit 200» tizimi yo`lga qo`yilgan. Bemor markazda davolanish mobaynida har qanaqasiga tashqi ta`sirlardan himoyalanadi. 

–  Kaminvanziv texnologiyalarda rentgen nurlaridan keng foydalaniladi. Bu esa inson organizmi uchun nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bunga nima deysiz? 

–  Tibbiyot qurilmalarining so`nggi avlodi inson organizmiga kam shikast etkazishni maqsad qilgan holda ishlab chiqilgan. Qurilmaning avtomatlashgan tizimi oz miqdorda rentgen nurini ishga solib, kerakli tasvirni aniqlashga yo`naltiriladi. Markazimizdagi mavjud raqamli rentgen apparatlarining barchasi kam ziyon etkazish orqali to`g`ri tashhislash imkonini beradi. 

–  Markazdagi quvvati 110 Vt ga teng so`nggi rusumdagi golmiy lazer qurilmasi haqida so`zlab bersangiz.

–  Golmiy lazer qurilmasi Asclepion Laser Technologies Gmbh nemis kompaniyasining so`nggi ishlanmasi bo`lib, jarrohlik amaliyotida tengsiz hisoblanadi. Hozircha mazkur lazer apparatidan dunyoning bir nechta etakchi tibbiyot muassasalari foydalanayapti xolos. Markazdagi golmiy lazer qurilmasi esa O`zbekistonda yagona sanaladi.  Mazkur qurilma yordamida 100 gramm og`irlikdagi prostata adenomasini ham muammosiz bartaraf etish mumkin. Siydik tosh kasalliklarida aniqlangan har qanday kattalikdagi toshlarni ham golmiy lazeri oson parchalay oladi. Amaliyotdan so`ng bemor palatalarga o`tkazilib, uch kundan so`ng kundalik hayot tarzini davom ettirishga ruxsat beriladi. Markazni tark etayotgan har bir  bemor albatta mutaxassis ko`rigidan o`tib, xastalik qaytalanmasligi uchun zarur ko`rsatmalarga ega bo`ladi.

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

04.06.2021, 17:58

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

29.03.2021, 18:15

Kecha, 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov tashabbusi bilan Namangan viloyatida ilk marotaba...
Yangi tibbiyot instituti tashkil etiladi

09.11.2019, 23:59

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpoq tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi.Loyihada...