my5
Sevimli

Murod Rajabov Saida Rametova ishtirokida tarqalgan videoga o`z munosabatini bildirdi

Shou-biznes 26.07.2016, 15:01
Теглар: Video, Aktrisa, Aktyor
Murod Rajabov Saida Rametova ishtirokida tarqalgan videoga o`z munosabatini bildirdi

O`zbekiston xalq artisti Murod Rajabov Saida Rametova ishtirok etgan videoning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi xususida  “Bekajon” gazetasiga o`z fikrini bildirdi. 
“Aynan ijtimoiy tarmoqlar qanchadan qancha odamlarni sharmanda qilyapti. Mana, yaqinda Saida Rametova haqidagi videolar chiqib ketdi. U  nima qilgan bo`lsa, shaxsiy ishi, shuni atay tarqatish shartmidi? Yoki boshqa soha vakillari ichida bunday ko`rinishlar yo`qmi, uchramaydi deysizmi? Shaxsan o`zim shunday manzaralarning guvohi bo`lganman. Ular haqida hech kim gapirmaydi-ku. Ammo boshqa tomondan oladigan bo`lsak, san`atkorlar har qalay madaniyat targ`ibotchilari, ulardan yoshlar o`rnak oladi degan tushunchalar ham bor-da... Shu tomonini o`ylaydigan bo`lsam, Saida Rametovani oqlamayman. Birinchi marta eshitganimdayoq bekor qilibdi, degandim. Mayli, ayb Saidada ekan, o`sha videoni telefonlarga tarqatishning nima keragi bor edi? Shaxsan men ba`zi bir videolarni olib kelib ko`rsatishsa, qaragim ham kelmaydi, qiziqmayman. O`sha videolarni tarqatib, odamlarning puli ko`payib qoladimi, tushunmayman. Ularga nima beradi bu? Barchasi ahmoqona o`yindan boshqa narsa emas. Bilasizmi, nafs quliga aylanmagan odamlar bu dunyoda juda kam, o`ntadan bittasigina o`zini tiya olishi mumkin”.

Шарҳлар

"Sharoiti eng og`ir tumanni menga bering!" Jahongir Otajonov Prezidentdan uni hokim qilishini so`radi (video)

22.01.2021, 22:00

Sal avval san`atni tark etgan Jahongir Otajonovning ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi shov-shuvli videosi tarqaldi. Unda sobiq xonanda, O`zbekiston prezidentidan uni respublikaning biror hududiga hokim etib tayinlashini so`ragan."Eshitishimcha,...
Namanganda kuchli shamol sabab sodir bo`lgan vayrongarchiliklar tafsilotlari ma`lum qilindi (video)

22.01.2021, 14:01

Cal avval Namangan viloyati Mingbuloq tumanida kuchli shamol sabab aholi xonadonlari tomlarining qulab tushgani xabar qilingan edi. Mazkur talofat yuzasidan "Zamon" informasion dasturida batafsil ma`lumot...
Mast yigit boshqaruvidagi "Moskvich" Katta Farg`ona kanaliga tushib ketdi. 19 yoshli qiz halok bo`lgan (video)

22.01.2021, 12:25

Farg`ona viloyatining qo`shtepa tumanida fuqaro “Moskvich”ni haydab ketayotganida kutilmaganda boshqaruvni yo`qotdi. Oqibatda Katta Farg`ona kanaliga tushib ketgan. Bu haqda Zamon infarmasion dasturi xabar bermoqda. Chamasi soat 20:40...
Jahongir Otajonov prezidentlikka nomzodini qo`ymoqchi (video)

20.01.2021, 14:29

Jahongi Otajonov prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Qo‘shiqchi bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida gapirgan.“Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilning birinchi martidan O‘zbekistonda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik boshlanishi...