AsosiyDunyo

Olimlar inson umrini 18 yilga uzaytirish mumkinligini aniqladi

Shifokorlar nosog`lom turmush tarzining inson umri davomiyligiga qanday ta`sir ko`rsatishini aniqlab, sport bilan muntazam ravishda shug`ullanish hamda zararli odatlardan voz kechish inson umrini 18 yilgacha uzaytirish mumkinligini ta`kidlamoqda, deb yozadi “RIA Novosti” nashri.  

Mazkur tadqiqot Kanada aholisi misolida sinab ko`rildi. 

Olimlarning aniqlashicha, ichuvchi va chekuvchilar, sport bilan shug`ullanmaydigan va nosog`lom turmush tarzini kechiruvchilar sog`lom turmush tarzini kechiruvchi insonlarga nisbatan 17,9 yil kamroq yashashar ekan.

Avvalroq tadqiqotchilar tungi rejimda ishlovchilarda biologik va ijtimoiy ritm buzilishi sabab saraton kasalligi va utrli o`smalar, ortiqcha vazn va oshqozon yarasi ko`p uchrashini aniqlagan edi.

Boshqa yangiliklar