sevimli
Sevimli

Cog`liqqa ziyon etkazmagan holda 5 kunda ozish

SUG'DIYONA 22.08.2016, 12:39
Теглар: Salomatlik, Ayol
Cog`liqqa ziyon etkazmagan holda 5 kunda ozish

Tezkor parhez va qisqa muddatda ozishni dunyoning qaysi burchagida bo`lmasin mutaxassislar qoralaydi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Ammo qisqa muddatda sog`liqqa ziyon etkazmagan holda ozishning ham yo`li bor ekan. 
Bu dastur 5 kunga mo`ljallangan bo`lib, model Jessika Xart tomonidan yaratilgan. Bu dastur asosida qisqa muddatda 2-3 kg ozish mumkin. Marhamat, tanishing!

Faqat suyuq ovqatlar iste`mol qilish lozim
Suyuq ovqatlarni iste`mol qilish orqali inson organizmini turli foydali mikroelementlar bilan ta`minlaydi, shu bilan birga ovqat hazm qilish yaxshilanadi. Shu 5 kun mobaynida faqatgina ko`katlar – selderey, ismaloq, poliz mahsulotlaridan bodringni kuniga 4-5 marotaba tanovul qiling. Sabzavotli kokteyllar ichish mumkin emas. Nonushta va kechki ovqatga oqsilga boy ovqatlarni iste`mol qilish lozim.

Nonushta bilan kechki ovqatning o`rtasidagi farq 12 soat bo`lishi kerak
Model Jessika Xartning yana bir foydali maslahati — ovqatlanish tartibiga qat`iy rioya qilishdir. Nonushta bilan kechki ovqatning o`rtasidagi farq qat`iy 12 soatni tashkil etishi lozim. Ya`ni, ertalab soat 8.00 da ovqatlangan bo`lsangiz, kechki ovqatni ham 20.00 da tanovul qilishingiz lozim bo`ladi.  Kechki ovqatning ilk 6-8 soati davomida inson organizmi ovqatni hazm qilish bilan banda bo`lsa, qolgan 4 soatini esa yog`ni eritish va detoksikasiyaga sarflaydi. Shuning uchun aynan 12 soat intervalni saqlash kerak bo`ladi.    

To`yib uxlash lozim
Uyquga to`ymaslik nafaqat semizlikka olib keladi, balki u metabolizmni xam sekinlashtiradi. Shuning uchun parhez davomida to`yib uxlashga harakat qiling. To`yib uxlash inson organizmida sutkalik ritmni ta`minlovchi melatonin gormonini  ishlab chiqaradi. Agar vaqtida uxlab, vaqtida tursangiz vazningizni me`yoriga keltirish osonlashadi.

Shaxsiy mashg`ulotlar rejasini tuzib oling
Agar ilgari sport bilan shug`ullanmagan bo`lsangiz, 5 kunda sport ustasi bo`lib qolmaysiz Moddalar almashinuvini yaxshilash, ko`proq kaloriya yo`qotish uchun o`zingiz uchun shaxsiy mashg`ulotlar rejasini tuzib olishingiz kerak bo`ladi. Ishdan keyin xiyobonda yugurishga yoki piyoda sayr qilishga harakat qiling. Agar buning yoniga yana biror qiyin bo`lmagan mashqlarni qo`shadigan bo`lsangiz, natija siz kutgandan ham a`lo bo`ladi.

Menyungizda doimo sabzavotlar bo`lsin
Ozishning yana bir muvaffaqiyatli usuli bu – sog`lom ovqatlanish tartibidir. Bu aksariyat ayollar uchun eng katta muammodir. Biz sizga qisqa fursatda ozish uchun birorta sehrli dorini tavsiya etmaymiz. Organizmni tabiiy ravishda tozalash uchun ko`proq sabzavot iste`mol qilish kerak bo`ladi. Har kuni sabzavotlardan tayyorlangan salatlarni tanovul qiling.

Xotirjamlik va yana xotirjamlik
Asabiylashish, nimadandir xavotirlanish ozish jarayonini sekinlashtirishi, moddalar almashinuvini buzishi mumkin. Albatta, insonga asabiylashmaslik oson ish emas. Agar judayam qiziqqon, stressga moyil bo`lsangiz vrach bilan maslahatlashgan holda birorta tabiiy o`simliklardan tayyorlangan tinchlantiruvchi dori qabul qiling.

Шарҳлар

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...