AsosiySalomatlik

Qatiq iching, qarimaysiz!

Har birimizning ro`zg`orimizda topiladigan, foydali ichimlik – qatiqdir. Tabobatda ushbu ichimlikning bir qancha xususiyatlari e`tirof qilinadi. 

–  Olimlarning bir qator ilmiy tadqiqotlari natijasiga ko`ra qatiq surunkali gastrit, ateroskleroz, diabet, ishemiya, disbakterioz va gipertoniya  kasalliklarining oldini olishda ajoyib vosita sanaladi. Shifosi uchun har kuni ovqatdan 15 daqiqa o`tib ichish tavsiya etiladi. 

–  Qatiq jigar sirrozi profilaktikasida ham o`zini oqlay olgan. Shuningdek, jigar faoliyati bilan bog`liq xastaliklarda ham qatiq ichish foydali. 

–  Tana vazningizni kamaytirish ilinjida bo`lsangiz, yog`siz qatiq a`lo vosita bo`loladi. Qatiqqa mayda to`g`ralgan redis va  ko`katlarni aralashtirsangiz, tayyor salat bo`ladi. 

–  Bolalar uchun yog`li qatiqning bir kun avval tayyorlangani foydaliroq. Ayniqsa, qorin og`riqlari, ovqat hazm bo`lishi va ich ketishi bilan muammo kuzatilsa, yangi ivitilgan qatiq ichilmagani ma`qul.

–  Muntazam qatiq iste`mol qilish qonda qand miqdorining ortib ketmasligini ta`minlaydi. Agar oilangizda qandli diabet bilan og`riganlar bo`lsa, qatiqni kanda qilmang.

–  Uxlashga yotishdan avval ichilgan bir stakan qatiq oshqozon-ichaklarga ijobiy ta`sir ko`rsatib, tinchlantiradi. 

–  Asabiy va ishtahasiz bo`lsangiz, ertalab nonushtadan yarim soat avval bir stakan qatib ichib oling. 

–  Yuz teringiz quruqlashib ketgan bo`lsa, qatiqqa ozroq maydalangan ko`katlarni aralashtirib, niqob o`rnida foydalanish mumkin.

–  Qatiqning tinchlanitiruvchi hamda tetiklashtiruvchi hususiyati klimaks davridagi ayollar, homilador va emiziklilar uchun asqotadi. Shuningdek, hayz oldi bezovtaliklarini engillashtirishda ham qatiq ichib turish foyda  beradi. 

–  Uzoq umr ko`rishni istasangiz, har kuni bir stakan qatiq iching. Shunda organizmingiz kun sayin yosharib boraveradi.

Boshqa yangiliklar