Sevimli

Husnbuzarlar nimadan darak beradi?

Salomatlik 24.09.2016, 09:32
Теглар: Salomatlik, Ayol
Husnbuzarlar nimadan darak beradi?

Xalq tabobatida yuzaga chiqqan har qanday toshma ichki a`zolardagi nosog`lomlikdan darak, deyiladi. Yuzning qaysi qismida husnbuzar paydo bo`lganiga qarab, ichki a`zolarning qay biri zararlanganini taxmin qilish mumkin. Balki ovqatlanish yoki hayot tarzini biroz o`zgartirish kerakdir? Hamisha e`tiborli bo`ling: toshoyna ichki a`zolar ahvolidan darak berib turadi.

Peshanada chiqsa…

Husnbuzarlar peshananing soch o`sadigan chizig`iga yaqin joyda chiqsa, bu o`t qopi zararlanganini bildiradi. Qosh tepasida paydo bo`lgan husnbuzar oshqozon faoliyati buzilgani va o`z funksiyalarini to`liq bajara olmayotganidan xabar beradi. Demak, siz juda ko`p shirinlik, go`sht va hayvon yog`larini iste`mol qilasiz. Me`yordan ortiq limonad va meva sharbatlari tufayli ham xuddi shunday natija kuzatilishi mumkin.

Peshanada toshmalar juda ko`p bo`lsa, bu qandaydir dorini ortiqcha qabul qilayotganingizdan dalolat. Bu bosh og`rig`ini qoldirish uchun ichadigan doringiz, gormonal vositalar yoki vitaminli preparatlar ham bo`lishi mumkin. Organizmingiz ortiqcha yog`larni o`zlashtirishga qurbi etmaganidan endi o`zlari tashqariga chiqa boshlaydi.

Ko`zlar ostida

Yonoq suyagi ostidan husnbuzar chiqsa, bu buyrak va buyrak osti (eng muhim ichki sekresiya bezlari)da nosog`lomlik bor, degani. Bu kam uxlashdan, qattiq charchoq va surunkali stress holatida yurishdan kelib chiqadi. Parhez tutuvchilarda ham oziqlantiruvchi moddalar etishmasligi natijasida xuddi shu holat yuzaga kelishi mumkin.

Qansharda

Bu joyda chiqadigan husnbuzarlar jigarning yaxshi ishlamayotgani va qonni yaxshi tozalamayotganidan dalolat. Balki oqsilli mahsulotlar: go`sht, sut, pishloq, yogurt va tvorogni ko`p iste`mol qilarsiz? Yoki qovurilgan va dudlangan eguliklar jonu dilingizdir? Shuningdek, hissiyotlariga izn bermaydigan va buning oqibatida doimiy tushkunlikda yuradiganlar qoshlari orasida husnbuzar mo`ralab qoladi.

Burun uchi va yonlarida

Yurak-qon tomir tizimi faoliyati nosozligi tufayli burun uchi va yonlarida husnbuzar chiqishi mumkin. Chunki bunday vaziyatda yuz terisi qon aylanishi yaxshi emasligi va ozuqa moddalarining etishmasligidan aziyat chekadi. Balki taomnomangizda oqsil va V vitaminiga urg`u bermayotgandirsiz. Xuddi shu holat kamharakat, doim tashvishda yuradigan va qo`rqoq insonlarda ham bo`lishi mumkin.

Ikki yuzda chiqsa…

Yuz, ko`krak sohasi va ikki kurak orasida husnbuzar chiqishi o`pkaning ahvoli yaxshi emasligini bildiradi. Xitoy tibbiyotchilarining ta`kidlashicha, unda egiluvchan va vazmin quvvat yo`l topolmasdan yig`ilib qolar ekan.

Xo`sh, endi nimani noto`g`ri qilayotganingizni aniqlaymiz. Shirinliklar, sut, sabzavot va mevalarni juda ko`p tanovul qilasizmi, deyman-da? Sirasini aytganda, sizga toza havo, jismoniy faollik, quvonch va ichki olov etishmaydi. O`zingizni yolg`iz his qiluvchi bo`lsangiz ham husnbuzarlar sizni aslo tark etmaydi.

Lab atrofi va elkada

Muammo ovqat hazm qilish tizimingizda: qizilo`ngachdan yo`g`on ichakkacha. Buning natijasida sizni ich qotishi, qorin dam bo`lishi, ichak koliklari bezovta qilishi mumkin. Ehtimol siz tushkun, azobli kechinmalarni boshdan kechirib, shunday kayfiyatda yurgandirsiz. Shuning uchun ham ichaklarda ovqat mudom to`xtab, mudom tez harakat qiladi.

Iyak va pastki jag` chizig`ida

Sizda gormonal muvozanab buzilgan, ya`ni androgen (erkaklik jinsiy gormonlari) ko`payib ketgan bo`lishi mumkin.

Me`yordan ortiq achchiq choy, qora qahva ichuvchilarda husnbuzar shu iyak va pastki jag` chizig`ida chiqadi. Bu sohada chiqqan husnbuzarlar uyqusizlik, asabiylik va xafagarchilik nishonasi ham bo`lishi mumkin.

Kimga murojaat qilish kerak?

  • Dermatolog-shifokor qabuliga borsangiz, u sizni ko`rikdan o`tkazib, muayyan shifobaxsh kosmetika, dezinfeksiyalovchi loson va kremlar tayinlaydi. Agar ahvolingiz havas qilgudek bo`lmasa, surtma va tabletka ko`rinishidagi antibiotiklar buyurishi mumkin. Bundan tashqari, u sizga to`g`ri parhez va vitaminlar kompleksini ham yozib beradi.
  • Agar gormonal nomuvofiqlik aniqlansa, ginekolog sizga homilador bo`lishdan saqlaydigan maxsus tabletkalar tayinlashi mumkin. Ular yordamida gormonal muvozanat tiklanib, husnbuzarlar yo`qoladi.

Шарҳлар

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...