Sevimli

Anor sharbatining foydalari

Salomatlik 03.10.2016, 14:17
Теглар: Salomatlik
Anor sharbatining foydalari

Oshqozon-ichak faoliyati buzilganda, kamqonlikda  har kuni uch mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan anor sharbati iching. Muolajani 2 oydan 4 oygacha davom ettirish mumkin. 1 oylik tanaffus bilan shu tartibda anor sharbatini iste`mol qilsangiz ham bo`ladi.

Organizmni tozalaymiz. Buning uchun 3 hafta davomida anor sharbati ichish kerak. Birinchi hafta kuniga yarim stakandan, ikkinchi haftadan esa bir stakandan qabul qilish mumkin.

Hayz siklini buzilishi kuzatilsa, oy kunlari 7-10 kun davomida 1 stakandan anor sharbati ichish kerak. Bu tuxumdonda garmonlar ishlab chiqarilishini yaxshilaydi.
Harorat ko`tarilganda, tumov va tomoq og`rig`ida. Anor sharbatiga ozgina asal qo`shib iching.

Shishlarni ketkazish va safro haydash xususiyatiga ham ega. Kuniga 1/3 stakan sharbat qabul qilish kifoya.
Ishtahasizlikda: ovqatlanishdan 4 soat oldin yarim stakan sharbat iching.

Yurak xastaliklarida 3 oy davomida nonushtadan yarim soat oldin yarim stakan anor sharbati iching. 
Qandli diabetda 1 osh qoshiq asal solingan yarim yoki 2 stakan anor sharbatini kuniga uch mahal ichish mumkin.

Unutmang! Gastrit, bavosil, qabziyat va oshqozon kislotasi oshib ketganda mumkin emas.

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...