Sevimli

Kivi jahlni jilovlashga yordam beradi

Salomatlik 04.10.2016, 14:43
Теглар: Salomatlik
Kivi jahlni jilovlashga yordam beradi
  1. Ushbu meva S vitaminiga boy. O`rtacha kattalikdagi kivi tarkibida 92,7 mg. askorbin kislotasi mavjud. S vitamini kuchli antioksidant bo`lib, organizmni tez toliqib qolishdan asraydi, immunitetni oshiradi, yallig`lanish va miyaga qon quyilishi xavfini kamaytiradi.
  2. Kivi tarkibidagi V guruhi vitaminlari, ayniqsa, V1 va V2 asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta`sir etib, jahlni jilovlashga yordam beradi.
  3. Kivi iste`mol qilish kamqonlikning oldini olib, og`iz va ko`z shilliq pardalarini himoyalaydi. Bunga sabab tarkibidagi foliy kislotasidir. Homiladorlikka tayyorgarlik va homiladorlik davrida ayollarga kivi eyish tavsiya etiladi.
  4. Sog`lom odam kuniga 3-4 gr. miqdorda kaliy moddasini qabul qilish kerak.  1 ta kivi esa o`zida 3 gr. kaliy moddasini jamlagan. Bu yurak-qon tomirlari faoliyati uchun foydali bo`lib, gipertoniya, uyquchilik, shishlar va mushaklar bilan bog`liq kasalliklar kuzatilganda foydali.
  5. 100 gr. kivi bir kunlik magniyga bo`lgan ehtiyojingizni 50 foizga qondiradi. Havo ta`siridagi organizmdagi o`zgarishlar, tutqanoq, asabiylik holatlarida ayni muddao.

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...