sevimli
Sevimli

Ertalab nonushta qilish shart! Mana, buning 9 sababi

Salomatlik 11.10.2016, 09:50
Теглар: Salomatlik
Ertalab nonushta qilish shart! Mana, buning 9 sababi
  1. Miya faoliyati uchun. Ertalab nonushta qilsangiz, kun davomida xabarlarni eslab qolish qobiliyatingiz oshadi.
  2. Immunitetni oshiradi. Har kuni nonushta qilishga odatlansangiz, immunitetingiz oshadi, natijada tushkunlikka tushmaysiz, turli kasalilklarga ham chalinmaysiz.
  3. Xavfsizlik uchun. Aniqlanishicha, uydan qorni to`q chiqqan kishilar avtohalokatga kamroq uchrar ekan.
  4. Ishinigiz unadi. Chunki sizda energiya zaxirasi paydo bo`lib, ishlash layoqatingiz 30 foizga oshadi. Yana, ishxonada to tushlikkacha nimalardir eb, vaqt sarflamaysiz.
  5. Organizm faollashadi. Ertalab qornimni to`ydirib olsam, ortiqcha kaloriyalarni «qo`lga kiritaman» deb o`ylamang. Aksincha, qancha kech nonushta qilsangiz, shuncha kech ish boshlaysiz. Va organizm dangasalashadi.
  6. Kuch bag`ishlaydi. Agar siz tongda hech narsa emaslikka odatlangan bo`lsangiz, kundan kunga organizmingiz kuchsizlanadi.
  7. Ishtahangiz nazoratda bo`ladi. Shifokorlarning aniqlashicha, ertalab nonushtaga tuxum iste`mol qilsangiz, kun davomida kamroq ovqat tanovul qilarkansiz. Grechixa, guruch yoki suli yormasidan bo`tqa esangiz, yog`li taomlarni inkor qilarkansiz.
  8. Go`zallik uchun. Agar ertalab nonushta qilmasangiz, organizmingiz uyqudan uyg`onmaydi va harakatga kirishmaydi. Natijada, yog` yig`iladi. Va ular, soch, yuzlaringizda aks etadi.
  9. Kayfiyatingiz ko`tariladi. Musiqa tinglab, nonushta tayyorlash va ovqatlanish xush kayfiyat bag`ishlashi aniq!

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...