AsosiyJamiyat

“Tashkent Challenger – 2016” an`anaviy xalqaro turniri boshlandi

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan “Tashkent Challenger – 2016” an`anaviy xalqaro turniri start oldi, deb xabar bermoqda O`zA. 

Nufuzli musobaqada yigirmaga yaqin davlat vakillari yakkalik va juftlik bahslarida g`oliblik uchun kuch sinashmoqda. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida sportni, jumladan, tennisni rivojlantirishga qaratilgan e`tibor samarasida mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy tennis kortlari barpo etilib, yoshlarning mazkur sport turi bilan shug`ullanishi uchun keng sharoit yaratildi. 

O`zbekiston tennis federasiyasi Professional tennischilar uyushmasi (ATR), Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) va Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) bilan hamkorlikda mamlakatimizda erkaklar, xotin-qizlar, o`smirlar va bolalar o`rtasida xalqaro miqyosdagi musobaqalarni muntazam o`tkazib kelmoqda. 

Bu yilgi musobaqada dunyo reytingida yuqori pog`onalarni egallab turgan chexiyalik Irji Veseli, fransiyalik Jeremi Shardi, litvalik Rikardas Berankis, rossiyalik Evgeniy Donskoy va Konstantin Kravchuk, o`tgan yilgi turnir finalchisi, slovakiyalik Lukash Lasko singari tajribali tennischilar ishtirok etmoqda. 

Turnirda Denis Istomin, Sanjar Fayziev, Jo`rabek Karimov, Humoyun Sultonov kabi tennischilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. 

Boshqa yangiliklar