Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 4-shahar klinik shifoxonasi tubdan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bo`lib o`tgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, shifokorlar ishtirok etdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Tadbirda so`zga chiqqanlar mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog`liqni saqlash tizimini isloh etish borasida amalga oshirilgan uzluksiz chora-tadbirlar inson salomatligini asrash va jamiyat taraqqiyotini yuksaltirishning muhim omili bo`layotganini alohida ta`kidladi.
“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida bu boradagi ishlar ko`lami tobora kengaymoqda. 4-shahar klinik shifoxonasi poytaxtimizning Yashnobod, Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug`bek, Sergeli tumanlari aholisiga xizmat ko`rsatadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013 yil 18 noyabrdagi O`zbekiston Respublikasining 2014 yilgi investisiya dasturi to`g`risidagi qarori asosida ushbu tibbiyot muassasasida bosqichma-bosqich qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Bu ishlarga 27 milliard so`mdan ko`proq mablag` yo`naltirildi.
Rekonstruksiya ishlari natijasida klinikaning barcha bo`limlari zamonaviy qiyofaga kirdi. Binolarning atrofi tubdan obodonlashtirilib, yashil hududlar barpo etildi. Barcha bo`limlar jahon tibbiyotining eng so`nggi yutuqlari asosida yangi tibbiy diagnostika vositalari, jihozlar bilan ta`minlandi. Zamonaviy UTT, MSKT, rentgen, laparoskopik vositalar, fizioterapiya muolajalarini o`tkazishda qo`llaniladigan tibbiy asbob-uskunalar bunga misoldir.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A.Ikromov so`zga chiqdi.
10.04.2021, 12:38
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan «Hududgaz poytaxt» gaz ta`minoti filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Yunusobod tumangaz» bo`limi xodimi R.T. xizmat...07.04.2021, 15:50
Toshkent shahri Olmazor tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan voyaga etmagan 17 yoshli Abdulaziz J.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi...05.04.2021, 16:26
Toshkentda 2020-2021 yilgi isitish mavsumi joriy yilning 7 aprelidan tugatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining tegishli qarorida belgilandi.“Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta`minotidan foydalanuvchi iste`molchilarni issiqlik...02.04.2021, 16:49
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi kichik sanoat zonasi sexida 2 aprel kuni yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, yong`in...