13

Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi propiska va fuqarolik masalalariga taalluqli

Jamiyat 11.10.2016, 15:15
Теглар: O`zbekiston, Toshkent
6844
Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi propiska va fuqarolik masalalariga taalluqli

O`zA muxbiri O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida qonun ijrosini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Ichki ishlar vazirligi inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta`minlash boshqarmasi boshlig`i Ilhom TURG`UNOV bilan suhbatlashdi. 

Suxbat davomida O`zbekiston hukumati portalida ochilgan mamlakat Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali tushayotgan murojaatlarda Ichki ishlar vazirligiga taalluqli murojaatlar bilan ishlash qanday tashkil etilganligi haqida so`raldi.

– IIVning barcha markaziy sohaviy xizmatlariga virtual qabulxona orqali kelib tushgan har qanday murojaat bo`yicha shaxsan birinchi rahbarning mas`ulligi belgilandi. Sohaviy rahbarga ariza bo`yicha to`liq va sifatli ma`lumotlarni o`z vaqtida taqdim etish, hisobini yuritish va tahlil qilish vazifalari yuklatilgan. 

Virtual qabulxona orqali Ichki ishlar vazirligiga jami 3,5 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi.  Ularning 40 foizi propiska, biopasport olish va fuqarolik masalalariga taalluqli. Murojaatlarning 80 foizdan ortig`i Toshkent shahri hamda Andijon, Farg`ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga to`g`ri  keladi. 

Bundan tashqari, murojaatlarning ma`lum qismini ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan, fuqarolarga nisbatan sodir etilgan o`g`irlik, firibgarlik, shuningdek, tergov harakatlarini amalga oshirishda yo`l qo`yilgan kamchiliklar, profilaktika inspektorlari faoliyati yo`nalishida, ichki ishlar organlariga ishga kirish va qayta tiklash hamda shu kabi boshqa masalalar tashkil etayotir.   

Ichki ishlar vaziri tomonidan ushbu yo`nalishdagi barcha tadbirlar alohida nazoratga olingan, ularning o`z vaqtida va sifatli bajarilishi ta`minlanadi. 

Ichki ishlar organlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bog`liq murojaatlar hamda Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman)dan kelgan har bir ariza va shikoyat vazirlik rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olingan. Biroq ko`rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, hanuzgacha murojaatlar bilan ishlashda xodimlarimiz tomonidan xato va kamchiliklarga yo`l qo`yish holatlari mavjud. Jumladan, ariza va shikoyatlarni to`liq va sifatli ko`rib chiqmaslik, arizachiga tekshiruv va ko`rib chiqilgan holat yuzasidan asoslantirilgan javob xatlarini yubormaslik, ariza va shikoyatlarni ko`rib chiqish muddatlariga amal qilmaslik kabi salbiy holatlar uchrab turibdi.

Ariza va shikoyatlarni ko`rib chiqish davrida Ichki ishlar vazirligining ichki idoraviy nazorat tizimi orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo`l qo`ymaslik choralari ko`rilmoqda.  O`tkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan har qanday salbiy holat bo`yicha xizmat tekshiruvi o`tkazilib, aybdor xodim va uning rahbarlariga tegishli choralar ko`rilayotir.  2016 yilning 9 oyida murojaatlar bilan ishlash jarayonida yo`l qo`ygan xato va kamchiliklari uchun 200 nafardan ortiq ichki ishlar organlari xodimi turli intizomiy javobgarlikka tortildi.

Шарҳлар

O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi

05.02.2020, 14:30

“Raqs san`ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4585-son, 04.02.2020 y.) qabul qilindi...Qarorga muvofiq,...
O`zbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof etildi

07.01.2020, 08:35

Sport bo`yicha xorijning nufuzli nashrlaridan biri O`zbekistonni “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.Angliyaning...
Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

16.12.2019, 11:35

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...
Toshkentda 7 yoshli sportchi MMA yulduzi Murod Xonto`raevni kurashga chorladi (foto va video)

13.12.2019, 14:10

Joriy yil 11 dekabr kuni MMA chempioni, taniqli sportchi Murod Xonto`raev Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil...