sevimli
Sevimli

Xitoyda yangi iPhone 7 egasining qo`lida portlab ketdi

Dunyo 12.10.2016, 12:56
Теглар: Apple, iPhone
Xitoyda yangi iPhone 7 egasining qo`lida portlab ketdi

Xitoyda Apple kompaniyasining yangi smartfoni iPhone 7 egasining qo`lida portlab ketdi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Chjenchjou shahrida yashovchi yigit smartfon yordamida videorolikni suratga olmoqchi bo`lganida portladi. Portlash oqibatida smartfon qoq o`rtasidan ikkiga bo`linib ketdi.  Yigit esa  yuzi va qo`lidan bir nechta jarohat oldi. Ma`lumotlarga ko`ra, Apple kompaniyasining Xitoydagi bo`linmasi portlash haqidagi xabarni AQShdagi shtab-kvartirasiga ma`lum qilgan.  

Avvalroq smartfonlar portlash muammosi Apple`ning asosiy raqibi Samsung Electronics kompaniyasida ham kuzatilgan edi. Sentyabr oyida kompaniya portlash xavfi sababli Galaxy Note 7 smartfonlari sotuvini to`xtatdi. 

Xitoy OAVlarining yozishicha, iPhone 7`ning portlashi Samsung smartfonlari portlashidan farq qiladi. Chunki portlash oqibatida iPhone 7`ning batareyasi zararlanmagan.

Шарҳлар

Dunyoning 2021 yildagi eng qimmat kompaniyalari reytingi e`lon qilindi

04.01.2022, 22:03

Amerika IT-konsernlari 2021 yil yakunlariga ko`ra, dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingini e`lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Unga ko`ra, reytingni qariyb 3 trln dollarga...
Apple kompaniyasining daromadi o`tgan yilga nisbatan 29 foizga oshgan

29.10.2021, 22:02

2021 yilning so`nggi choragi yakunlariga ko`ra, Amerikaning “Apple” kompaniyasining daromadi o`tgan yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Bu haqda TASS xabar berdi.Qayd etilishicha, 25 sentyabrda yakunlangan...
Pandemiya sharoitida Apple savdosi 111 milliard dollarga oshdi

28.01.2021, 13:22

Rojdestvo davrida oilalar firmaning eng so`nggi telefonlari, noutbuklari va gadjetlarini yuklaganligi sababli, Apple sotuvlari yana bir rekord o`rnatdi. 2020 yilning so`nggi uch oyida sotuvlar $ 111...
Shohruhxon turmush o`rtog`i Asalni tavallud kuniga nima sovg`a qildi? (foto)

07.04.2017, 11:44

Avval xabar berganimizdek 6 aprel kuni aktrisa Asal Shodieva o`zining tavallud ayyomini nishonladi. Aktrisaning tavallud kuni bilan qutlovlar kun davomida “Instagram” ijtimoiy tarmog`ini tindirmadi.Aktrisaning turmush...