AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasi imkoniyatlaridan foydalanish bo`yicha tavsiyalar berildi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasi imkoniyatlaridan to`laqonli va maqsadli foydalanish uchun quyidagi tavsiyalar berildi:
  
1. Bir murojaatda mazmuni bo`yicha faqat bitta masala ko`tarilgani ma`qul. Agar masalalar ko`p bo`lsa, ularni har birini alohida murojaat sifatida yuborish maqsadga muvofiq. Shunda ularning tezkor echimini nazorat qilish osonroq bo`ladi.

2. Murojaat matnini qisqa, lo`nda va tushunarli qilib yozish kerak. Murojaat qanchalik uzun bayon etilgani muammoni shunchalik tez hal qiladi degani emas, aksincha uning echimini qiyinlashtiradi. Agarda murojaat bilan bog`liq qo`shimcha ma`lumot kerak bo`lsa, murojaatchidan bemalol so`rab olinishi mumkin.

3. Agar avval qaysidir davlat organiga murojaat qilingan bo`lsa va u erdagi mansabdor shaxs tomonidan masala joyida hal etilishi o`rniga paysalga solingan yoki qo`pol muomala qilingan bo`lsa, albatta, ushbu mansabdor shaxsning F.I.Sh. va lavozimini ko`rsating. Shunda mansabdor shaxsga nisbatan tegishli choralar ko`riladi.

4. Agarda tegishli davlat organiga «ishonch telefoni» yoki veb-sayti orqali avval murojaat qilgan bo`lsangiz va u yordam bermagan bo`lsa, bunday dalilni albatta ko`rsating. Shunda o`sha davlat organi o`ziga tegishli xulosa chiqarishi hamda joylardagi ishonch telefonlari va veb-saytlarini to`g`ri ishlashini ta`minlash choralarini ko`radi.

5. Murojaatingizda imkoni boricha nimani so`rayotganingizni aniq ko`rsating.

    Boshqa yangiliklar