AsosiyJamiyat

13 oktyabr kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 oktyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha  kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15,  kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo  viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha  kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi. 

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 11-16, kunduzi 19-24 daraja iliq bo`ladi.     

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va  kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Boshqa yangiliklar