AsosiyJamiyat

Denis Istomin “Tashkent Challenger – 2016” tennis turniri chorak finaliga chiqdi

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan “Tashkent Challenger – 2016” an`anaviy xalqaro turnirida hamyurtimiz Denis Istomin chorak finalga chiqdi, deb xabar bermoqda O`zA.

Yakkaliklar o`rtasidagi bahslarda qatnashayotgan tajribali tennischimiz chorak final yo`llanmasi uchun ukrainalik Denis Molchanovga qarshi kortga chiqdi. Dastlabki setda D.Istomin raqibiga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Lekin irodali o`yin, g`alabaga bo`lgan kuchli intilishini namoyish etgan tennischimiz keyingi setlarni 6:3, 6:2 hisobida o`z foydasiga hal qildi.

Denis Istomin chorak finalda xorvatiyalik Ivan Dodig bilan kuch sinashadi.

Boshqa yangiliklar