Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Sport bilan shug`ullanish uchun 10 sabab

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар: Salomatlik
Добавлено: 14.10.2016, 13:46

1. Tabiat bilan hamnafas bo`lasiz!

Ochiq havoda sport mashg`ulotlari bilan shug`ullansangiz, ko`nglingiz xotirjam tortadi.

2. Ortiqcha vazndan xalos bo`lasiz

Har kuni 20 daqiqa sport mashqlari bajarsangiz va ovqatlanish qoidalariga to`g`ri rioya qilsangiz, 1 oyda ancha kilogrammdan xalos bo`lasiz.

3. Shirin uyqu

Jismoniy mashqlar, tabiiyki, sizni charchatadi. Natijada bezovtaliklarsiz, tinch orom olasiz. Va ertalab uyquga to`yib uyg`onasiz.

4. Organizmingiz tozalanadi

To`g`ri bajarilgan jismoniy tarbiya va parhez organizmni tiqinlardan tozalaydi.

5. Kuch-quvvatga to`lasiz

Har qanday sport turi sizga kuch, energiya bag`ishlaydi.

6. Yurak xastaliklariga chalinmaysiz

Ayniqsa, velosport bilan shug`ullansangiz.

7. Stress chekinadi

Muammolarni unutishga, tushkunlikdan xalos bo`lishga yordam beradi.

8. Immunitetingiz oshadi

Toza havoda bajarilgan mashqlar immunitetingizni ko`tarib, turli kasalliklardan sizni himoyalaydi.

9. Do`stlaringiz ko`payadi

Ha, biror sport mashg`ulotlariga qatnashsangiz yoki hech bo`lmasa, ertalablari yugursangiz, yangi tanishlar orttirasiz.

10. Qaddi-qomatingiz chiroyli va sog`lom bo`ladi

Suzish, gimnastika, shar bilan mashqlar bajarish natijasida gavdangizni tik tutasiz, umurtqa suyaklaringiz sog`lom bo`ladi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25