Sevimli

Nima iste`mol qilayotganingizni bilasizmi?

Salomatlik 19.10.2016, 10:03
Теглар: Mahsulot, Salomatlik
Nima iste`mol qilayotganingizni bilasizmi?

Sabzi – Ko`zlaringizga foyda! Kunora 2 tadan xom sabzi iste`mol qilish ko`z kasalliklari profilaktikasidir. Nahorga ichilgan 1 stakan sabzi sharbati esa uzoq vaqt kompyuterda ishlaydiganlar uchun asqatadi.

Yong`oq – Miyani oziqlantiradi! Tarkibida Omega-3 to`yingan yog` kislotalari bo`lib, miya faoliyatini barqarorlashtiradi. Kunora 3-4 tadan yong`oq kifoya.

Kashnich ko`kati – Suyaklarni mustahkamlaydi! Iloji bo`lsa, har kunlik taom va eguliklarga qo`shib iste`mol qilish lozim. Kashnich tarkibida kremniy zahirasi bo`lib, suyaklar minerallashuvi jarayonini normallashtiradi.

Avokado – Ayollar salomatligi! Bu ekzotik meva nomi biroz noodatiy bo`lsa-da, narxi u qadar qimmat emas. Bir haftada bir marta iste`mol qilinsa ham bachadon bo`yni displaziyasidan himoyalaydi. Chunki avokado tarkibida foliy kislotasi juda ko`p.

Dengiz mollyuskalari – Erkaklar salomatligi uchun! Farzand ko`rishni rejalashtirayotgan oilalarga ko`proq dengiz mahsulotlari xususan, mollyuskadan tayyorlangan taom va eguliklar tavsiya etiladi. Dengiz mollyuskalari muzlatilgan holida ham foliy va rux moddasiga to`yingan bo`ladi. Mazkur moddalar esa erkak reproduktiv tizimi uchun foydalidir.

Pomidor – Yurakka quvvat! Tarkibidagi lipokin moddasi hisobiga yurak xastaliklarini oldini oladi. Pomidordan tayyorlangan salatlarga ozroq zaytun yog`idan aralashtirsangiz, lipokin xususiyati ikki karra ortadi. Demakki, foydasi ham shunchalik ko`p bo`ladi. 

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
​​Aholi salomatligi uchun mahsulotlar xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan tamg`alanadi

11.11.2020, 21:22

"Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" gi Prezident qarorida qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida tuz, qand va yog` miqdori inson sog`lig`i uchun xavfsiz...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...