AsosiySport

Gvardiola: “Barselona”dan mag`lubiyat – murabbiylik faoliyatimda eng yomoni emas

“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Barselona”ga qarshi kechgan kataloniyaliklarning 4:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlangan o`yin haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

“Individual xatolar bizlarga qimmatga tushdi. Ayniqsa Fernandino va Klaudio Bravoning xatolari. Ha ular xato qildi, ammo bu futbolning bir qismi. Yuqori darajada o`ynashga harakat qildik, vaziyatlar ham yarata oldik, lekin ularda foydalana bilmadik. Gol urmasdan yutib bo`lmaydi.

Faoliyatimda bundanda yomonroq natija bo`lgan. O`shanda “Bavariya” “Real”ga qarshi o`ynagandi. Men asosiy tarkibda xatoga yo`l qo`yganman. Agueroning zaxira o`rindig`ida o`yinni boshlashi yarim himoyani kuchaytirishga qaratilgan edi”, – dedi Gvardiola.

Eslatib o`tamiz, 2013/14 yilgi mavsumda “Bavariya” “Real”ga o`z maydonida 0:4, safarda esa 0:1 hisobida mag`lub bo`lgandi. 

Boshqa yangiliklar