AsosiySport

EChL. “Yuventus”dan kutilmagan durang, “Sevilya” yirik hisobda zafar quchdi

Evropa chempionlar ligasi “H” guruhi 4-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. “Yuventus” o`z maydonida “Lion”ga qarshi bahs olib borgan bo`lsa, “Sevilya” Zagrebning “Dinamo” klubi bilan kuch sinashdi.

“Yuventus” va “Lion” o`rtasidagi o`yin jiddatli va hujumkor tarzda o`tdi. Natija ham shunga yarasha bo`ldi – 1:1. “Sevilya” bu safar Zagrebning “Dinamo”sini o`z uyida qabul qilib, 4:0 hisobida yirik g`alabaga erishdi.

EChL. “H” guruhi, 4-tur

Yuventus Italiya – Lion Fransiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 13, penalti Iguain, 1:1 – 84 Tolisso.
Yuventus – Buffon, Dani Alves, Bonuchchi (Benatiya, 68), Bardzali, Evra, Markizio, Xedira, Sturaro, Pyanich (Aleks Sandro, 68), Iguain (Kuadrado, 83), Mandjukich.
Lion – Antoni Lopesh, Rafael, Mammana, Diakabi, Morel, Gezzal, Gonalon, Tolisso, Rbus (Korne, 71), Fekir (Darder, 77), Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Pyanich (38), Bardzali (58), Markizio (84), Sturaro (89), Darder (90), Gezzal (90).

Sevilya Ispaniya – Dinamo Zagreb Xorvatiya 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 31 Vetto, 2:0 – 66 Eskudero, 3:0 – 80 Nzonzi, 4:0 – 87 Ben-Yedder.
Sevilya – Riko, Mariano, Rami, Merkado, Eskudero, Nzonzi, Kranevitter, Vaskes (Ben-Yedder, 60), Ganso (Kiyotake, 75), Vitolo (Sarabiya, 75), Vetto.
Dinamo Zagreb – Livakovich, Stoyanovich, Sigali, Shildenfeld, Benkovich, Pivarich, Sudani (Mesel, 46), Mashadu (Perich, 60), Pavichich, Chorich (Shitum, 53), Fernandes.
Ogohlantirishlar: Stoyanovich (11), Pivarich (21), Pavichich (28).
Chetlatish: Stoyanovich (45).

Boshqa yangiliklar