AsosiySalomatlik

«Bolamning bo`yi nega o`smaydi?»

— O`g`lim 8 yoshda, bo`yi past. Har oyda o`lchab turamiz, o`zgarish bo`lmayapti. Tug`ilganida yaxshi edi, buni sezganimizga 2 yil bo`ldi. Irsiyat bilan bog`liq emas, chunki oilamizda bo`yi pastlar yo`q. Nima qilish kerak, maslahat bering? Faqat gormon bilan davolanadimi? Boshqa yo`li yo`qmi?

Jamila Komilova, Shayhontohur tumani

 

Savolga shifokor-pediatr, tibbiyot fanlari nomzodi Dilfuza TURDIEVA javob beradi.

 

— Bo`y o`smayotgani nasliy sabablarga bog`liq bo`lmasa, organizmda turli kasalliklar kechayotgan yoki bo`yni o`stiradigan gormonlar faoliyati izdan chiqqan bo`lishi mumkin. Bolalarning bo`yi o`smay qolishiga ko`pincha oqsil, vitamin va mineral moddalar etishmasligi sabab bo`ladi. Sabzavot va ho`l mevalarni kam iste`mol qiladigan, yaxshi ovqatlanmaydigan bolalarning bo`yi juda sekin o`sishi kuzatilgan.

Kasallikka bosh miyadagi o`zgarishlar sabab bo`lsa, nevropatolog zarur muolajalarni buyuradi. Bolaning o`sishida faol qatnashadigan ichki endokrin bezlar — gipofiz, qalqonsimon va jinsiy bezlar faoliyati me`yordami, shuni tekshirtiring. O`sish gormoni etarli bo`lmasa, bemorga gormonal preparatlar qo`llaniladi. Muolaja paytida bola oqsilga boy mahsulotlar, ayniqsa, tuxum, pishloq, go`sht, tvorog, mevalar iste`mol qilishi kerak.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar