my5

Osteoxondroz qiynayaptimi? Davolaymiz!

Salomatlik 19.11.2016, 11:09
Теглар: Salomatlik
47060
Osteoxondroz qiynayaptimi? Davolaymiz!

Avvallari osteoxondroz, asosan, qirq yoshdan oshgan kishilarda kuzatilgan bo`lsa, bugun o`ttiz yasharlar ham bo`yin, bel va ko`krak sohasidagi og`riqlardan tez-tez shikoyat qilishining guvohi bo`layapmiz.

Osteoxondroz qanday kasallik ekanligini bilasizmi? Bu haqda oliy toifali shifokor, nevrolog Muhabbat Nasullaeva ma`lumot beradi.

 

Tibbiy lug`at

Osteoxondroz – bu umurtqa pog`onasi xastaligi bo`lib, umurtqalararo disklarning deformasiyasi (shakl o`zgarishi), qisqarishi, elastiklik xususiyatining kamayishi sababli yuzaga keladi. Kasallik, asosan, bo`yin, ko`krak, bel va dumg`aza suyaklarida kuzatiladi. Umurtqa pog`onasi orasidagi umurtqalararo disklar suyakning egiluvchanligi, harakatlanishi va amortizasiyasini ta`minlaydi.

 

Qaerdan paydo bo`ladi?

Osteoxondrozning birlamchi va ikkilamchi ko`rinishlari bor:

  • Birlamchi osteoxondroz  yoshga moyil o`zgarishlar bilan kechib, disklarda degenerativ o`zgarishlar yuzaga kelishi bilan kuzatiladi. Bunda disk suyuqligi va ozuqasi kamayadi.
  • Ikkilamchi osteoxondroz esa umurtqa pog`onasidagi shikastlanishlar, yuqumli kasallik bilan og`rish hamda haddan tashqari jismoniy zo`riqish holatlari sabab paydo bo`ladi.

 

“Voy, jonim!..”

Qaysi umurtqa suyaklari harakatchan bo`lsa, o`sha erda xastalik kelib chiqishi ehtimoli ko`proqdir. Ayniqsa, bel-dumg`aza va bo`yin sohasida osteoxondroz ko`p kuzatiladi.

  • Bo`yin-ko`krak osteoxondrozi  – asosan, ikki kurak sohasida og`riq bo`lishi, qo`llarning uvishishi, bo`yinni yon tarafga harakatlantirganda og`riq qo`zg`alishi, chuqur nafas olganda va qattiq yo`talganda ko`krak qafasida og`riq kuchayishi bilan kuzatiladi. Og`riq qo`zg`algan vaqt ko`krakdan qo`ltiq sohasiga ham tarqalib boradi.  Bu xastalik uzoq muddat bir xil holatda o`tirib ishlaydiganlar orasida keng tarqalganligi bilan farqlanadi.
  • Bel-dumg`aza osteoxondrozi – ertalab uyqudan uyg`onilgan vaqtda belning “qotib” qolishi, harakatlanish og`riqli kechishi, og`riq zo`rayganida beldan dumba sohasiga o`tib, oyoqning tashqi va orqa tomoniga tarqalib, boldirgacha cho`zilishi bilan kuzatiladi. Kasallikning bu turi aksariyat hollarda og`ir jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchilarda ko`proq uchraydi.

 

Kimga murojaat qilish lozim?

Osteoxondroz kasalligiga tashxis qo`yishda nevrolog va vertebrolog shifokorlar ko`rigidan o`tiladi. Bunda umurtqa pog`onasi suyaklarining umumiy holati o`raganilib, rentgen, magnit-rezonans tomografiyasi tekshiruvlari buyuriladi. Osteoxondroz sababli bosh miyaga boruvchi tomirlar bo`yindan siqib qo`yilgan bo`lsa, doplerografiya tekshiruviga ham yo`llanma berilishi mumkin.

 

Sog`ayish mumkin!

Shifokor ko`rsatmasi hamda tahlil natijalariga ko`ra, kasallik holati aniqlanib, tegishli muolaja turi tanlanadi. Bular og`riqni qoldiruvchi, yallig`lanishga qarshi dori-darmonlar, fizioterapiya muolajalari hamda davolash gimnastikasi  ko`rinishida amalga oshiriladi. Og`riq xuruj qilgan vaqt isitish muolajalari, issiq vanna, uqalash harakatlarini bajarish tavsiya etilmaydi. Bu og`riqni zo`raytirishi mumkin. Bunday paytda harakatni cheklash va qattiq o`rinda yotish kerak.

 

Sog`lom bo`lay, desangiz...

Har kungi badantarbiya mashqlarini kanda qilmang. Ertalab 15-20 daqiqalik jismoniy mashqlar uchun vaqtingizni ayamasangiz, turli muammolardan xoli bo`lasiz. Qolaversa, suvda suzish mashg`uloti ham umurtqa pog`onasi qiyshayishining oldini olishi bilan e`tiborlidir. U, ayniqsa, ayollar uchun ko`proq tavsiya etiladi. Shu bilan birga raqs harakatlarini bajarish ham katta naf beradi.  Kun davomida kamharakatlilik va bir joyda uzoq harakatsiz o`tirishdan saqlaning.

 

Bu muhim!

Osteoxondrozga befarq bo`lib, muolajalarni oxiriga etkazmay, yaxshi davolanmasangiz, bu disk churrasining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Samira Ulug`bekova 

 

Шарҳлар

YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...