AsosiySalomatlik

Qish tongida foydali choy damlang!

Ayozli kunlarda o`rnimizdan arang turamiz-u, issiqqina choy ichgimiz keladi. Ana shu bir piyola choy nafaqat mazali, balki foydali bo`lishi ham mumkin.

 

TETIKLAShTIRADI

Qalampirmunchoq, qorag`at (jemi yoki murabbosi), limon o`t qo`shilgan qora choy organizmni quvvatlantirib, hayotiy faolligini oshiradi. Asab tizimiga ijobiy ta`sir etib, jigar faoliyatni yashilaydi. Shu bilan birga qon bosimini ham me`yorda ushlaydi.

 

TINChLANTIRADI

Melissa, moychechak guli, malina (jemi yoki murabbosi), toshcho`p (chabres) o`simliklari qo`shilgan qora yoki ko`k choy esa allamahalgacha yozuv-chizuv ishlari bilan band bo`lganlar uchun foydalidir. Bunday choy nafaqat charchoqni ketgazadi, balki asabni tinchlantirib, kunning hayrli boshlanishini ta`minlaydi.

 

DARMON BO`LADI

Bir stakan qora choyga yarim choy qoshiq zanjabil kukuni aralashtirib, ta`bga ko`ra asal qo`shiladi. Tanga issiqlik ulashuvchi choyni oz-ozdan ichishingiz mumkin. Quvvatsizlikda darmon, shamollash alomatlarida esa shifo bo`ladi. 

Boshqa yangiliklar