my5

Tish og`rig`ida limon foydali

Salomatlik 22.11.2016, 15:31
Теглар: Mahsulot, Salomatlik, SUGDIYONA
489
Tish og`rig`ida limon foydali

Limon organizmni tiqinlardan tozalashda, hazm qilish faoliyati, qon aylanishi, ko`rish qobiliyatini yaxshilash, immunitetni oshirish va yuqori nafas yo`llari kasalliklariga davo.

Resept:

  • Shamollaganda: immunitetni mustahkamlash, tumov va nafas yo`llarini tozalash uchun kuniga uch mahal limon sharbatiga 1 stakan qaynagan suv aralashtirib ichish foydali. Ayniqsa, tana harorati ko`tarilgan paytda limon sharbati ichilsa, ter ajralishi natijasida isitma pasayib, organizmda kasallikka qarshi ta`sir kuchi yuzaga keladi.
  • Hazm qilish faoliyati bilan bog`liq holatlarda: masalan, jig`ildon qaynashida limon sharbatiga ozroq suv aralashtirib ichilsa, bezovtalik yo`qoladi.
  • Tish og`rig`ida: milklar qonashi, karies va tish og`rig`ida limon sharbati bilan og`izni chayqash tavsiya etiladi. Har kuni uyquga yotishdan avval archilgan limon po`sti bilan tishlar ishqalansa, milklar mustahkamlanib, tish rangi oqaradi.
  • Teri muammolarida: yuz, qo`l va oyoq terisidagi muammolarda limondan foydalanish mumkin. Teridagi shamollash sabab yuzaga kelgan toshmalar, teri yuzasining dag`allashib, qorayishi kabi holatlarda limon bo`lagi yordamida muammodan xalos bo`lish mumkin. Limon tarkibidagi antibakterial moddalar teri yuzasidagi shamollashni ketkazib, jarohatning bitishini tezlashtiradi.
  • Yurak-qon tomir faoliyati muammolarida: har kuni nahorda och qoringa 1 stakan limon sharbatini ta`bga ko`ra suv bilan aralashtirib qabul qilinadi. Bu usul yurak faoliyati uchun quvvat beradi.
  • Limondan tayyorlangan murabbo, djem va kompotlar jigar, qorin, mushaklar og`rishi va qon ketish holatlarida foydali.

Kimlarga mumkin emas?

Homilador ayollar va kichik yoshdagi bolalarga (agar allergik toshmalarga moyillik bo`lsa), limondan tayyorlangan malhamlar tavsiya etilmaydi. Shu bilan birga, oshqozon yarasi va 12 barmoqli ichak faoliyati bilan bog`liq xastliklarda ham mazkur meva nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Шарҳлар

YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...