AsosiySport

EChL. "Yuventus" safarda "Sevilya"ni ishonchli tarzda yutdi

Evropa chempionlar ligasi 5-turidan "Sevilya" o`z maydonida "Yuventus" futbolchilarini qabul qildi. 

Kurashlarga boy tarzda kechgan o`yinda turinliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Parexa hisobni ochgan bo`lsa, 45-daqiqada Markizio penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. 

84-daqiqada Bonuchchi turinliklarni oldinga olib chiqdi. 90-daqiqada Mario Manjukich "Yuventus"ga ishonchli g`alaba keltirgan gol muallifi bo`ldi. 

"Sevilya" – "Yuventus" 1:3 (1:1, 0:2)

Gollar: 1:0 – 9 Parexa, 1:1 – 45, penalti Markizio, 1:2 – 84 Bonuchchi, 1:3 – 90 Manjukich.

"Sevilya" – Riko, Merkado, Parexa, Rami, Nzonzi, Mariano (Kranevitter, 77), Eskudero, Iborra, Vitolo, Vaskes, Vetto (Sarabiya, 46).

"Yuventus" – Buffon, Dani Alves, Rugani, Bonuchchi, Evra (Sturaro, 73), Xedira, Markizio, Pyanich (Kin, 84), Kuadrado (Kellini, 87), Manjukich, Aleks Sandro.

Ogohlantirishlar: Manjukich (25), Vaskes (31), Merkado (37), Xedira (42), Evra (65), Kuadrado (72), Iborra (90).

Chetlatish: Vaskes (36).

Boshqa yangiliklar