AsosiySport

EChL 1/8 finaliga yo`l olgan jamoalar soni yana 5 taga ko`paydi

Evropa chempionlar ligasi “F”,  “E”,  “G” va  “H” guruhlarida 5-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi va musobaqaning nimchorak finaliga chiqqan yana 5 jamoa nomi ma`lum bo`ldi. 

Turnirning “E” guruhida “Monako” 1-o`rin bilan, “Bayer” 2-o`rin bilan EChL nimochrak finaliga yo`l oldi. “Tottenxem” va SSKA Evropa Ligasi yo`llanmasi uchun kurash olib boradi.

“F” guruhida “Real” 2:1 hisobida “Sporting”ni taslim qilib, pley-off yo`llanmasiga ega bo`ldi. Dortmundning “Borussiya” klubi 4-tur yakunida pley-offga chiqib bo`lgandi. “Sporting” hamda “Legiya” Evropa Ligasi uchun kurashadi.

Musobaqaning “G” guruhida “Lester” o`z maydonida “Bryugge” ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, 1/8 finalga yo`llanma oldi. “Kopengagen” va “Portu” Chempionlar Ligasida qolish uchun kurashadi.

“H” guruhida “Yuventus” safarda “Sevilya” ustidan erishilgan 3:1 hisobidagi g`alabadan so`ng pley-offga yo`llanma oldi. “Sevilya va ”“Lion” so`nggi turda EChL yo`lanmasi uchun kurashadi.

Boshqa yangiliklar