“Barselona” va “Manchester Siti” klublari EChL pley-off bosqichiga muddatidan avval yo`l oldi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Kataloniyaliklar 5-turda “Seltik”ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, ochkolar sonini 12 taga etkazib oldi va birinchi o`rin bilan nimchorak finalga chiqdi.
“Shaharliklar” hisobda 8 ochko mavjud, "Borussiya M"da esa 5 ochko. Yana bir tur qolganiga qaramay, "Manchester Siti" "Borussiya M" bilan o`zaro o`yinda bitta g`alaba va 1 ta durang qayd etgani uchun ham keyingi bosqichga yo`l oldi.