AsosiySalomatlik

Qishning oltin ne`mati – mandarin

 

1.    Surunkali tonzillit va angina qiynaganida har soatda iliq mandarin sharbatini oz-ozdan to tuzalib ketguncha ichish tavsiya etiladi.

2.    Yuqori harorat va shamollashda bir kunda 3-4 marta yarim stakan xona haroratidagi mandarin sharbatini iching. Istasangiz, sharbatga ozgina suv qo`shchangiz  ham bo`ladi.

3.    Ishtaha qochganda va oshqozon faoliyati buzilganda, parhez bilan birgalikda taomlanishdan 30 daqiqa oldin bir kunda 2-3 marta yarimta mandarinni tanovul qiling.

4.    Erta tongda och qoringa bir stakan mandarin sharbatini ichish bronxial astma va kuchli bronxitda yordam beradi.

5.    Gijjalarga qarshi kurashda dori vositalari bilan birgalikda 3 kun davomida, bir kunda 3 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 stakan mandarin sharbati iching. Kechqurin esa oshqozondan gijjalarni tushirish uchun ichni yumshatuvchi doridan qabul qiling.

6.    Xolsizlanganda va tushkunlikka tushib qolganda bir nechta mandarin po`stini qopqoqli shisha idishga solib, bir kunda bir necha marta to`yib hidlang, idish qopqog`ini yopishni unutmang, aks holda mandarin hidi xavoga uchib ketadi. Har kuni po`stlarni yangilang.

7.    Yo`talda qurutilgan yoki yangi ezilgan 2 osh qoshiq mandarin po`stiga 1,5 stakan suv quyib, past olovda 5-7 daqiqa qaynating-da, 1 soatga damlab qo`ying. Damlamani iliq holda taomlanishdan 20 daqiqa oldin bir kunda 3-4 marta 2 osh qoshiqdan qabul qiling.

8.    Quruq yuzlar uchun mandarinli niqob. Po`stidan tozalangan mandarinni maydalab to`g`rab, 2 osh qoshiq yog`li smetana solib blenderda aralashtiring. Toza yuz va bo`yinga niqobni 20 daqiqaga surtib, so`ng iliq suv bilan yuvib tashlang. Yuzni oziqlantiruvchi ushbu niqobdan haftasiga  2-3 marta foydalanish terini yoshartiradi.

Boshqa yangiliklar