1. Tuzlangan karam. Oddiy karamga qaraganda sovuq kunlarda tuzlanganini ancha foydali. Chunki tuzlangan karam V va S vitaminlariga boy.
2. Na`matak. S va boshqa ko`plab vitaminlardan tarkib topgan bu o`simlikda fosfor, kaliy, magniy va temir moddalar ham bor. Na`matakli damlamalarni ayni kunlarda ichib yuring. U ichki a`zolar shamollashida ham shifo bo`ladi.
3. Murabbo yoki muzlatilgan qorag`at mevasi. V, S, E, D, P, K vitaminlari borligi sabab immunitetingizni oshirib, organizmni viruslardan himoyalaydi, qon aylanishini yaxshilaydi.
4. Sitrus mevalar tarkibida askorbin kislotasi, A, V, PP vitaminlari bo`lib, magniy, temir, fosfor, natriy va kalsiy moddalariga ham boy.
5. Ismaloq va shovul. Mis, rux va marganes moddalariga boy bo`lib, qish faslida ushbu o`simliklardan tayyorlangan eguliklar koni foyda.
6. Bulg`or qalampiri. Qon tomirlarni mustahkamlab, qon aylanishini yaxshilaydi. Xohishga ko`ra, xomligicha esangiz ham bo`ladi.
7. Ko`kpiyoz. Barcha taomlar va salatlar bilan birga iste`mol qiling. Organizmni viruslardan himoyalaydi.