my5
Sevimli

17 yoshli qizlarning savollariga mutaxassis javobi

Salomatlik 05.12.2016, 11:32
Теглар: Salomatlik, Savol-javob, Qiz
17 yoshli qizlarning savollariga mutaxassis javobi

Oliy toifali akusher-ginekolog Mahmuda Imomqulova savollarga javob beradi.

Men balog`atga etgan bo`lsam-da xanuzgacha hayz ko`rmayapman, nima uchun shunday?                                                                                                                                                                                                              Z.K.

— Zudlik bilan shifokor endikronologga ko`rinib to`liq tibbiy tekshiruvdan o`tishingiz zarur. Chunki ba`zan endokrin bezlari (qalqonsimon, gipofiz, buyrak usti bezlari) ishining ishdan chiqishi, jinsiy gormonlar etishmasligi, bachadondagi turli nuqsonlar, masalan qiz bola bachadonsiz tuQilgan bo`lsa (gipoplaziya)  yoki tuxumdon faoliyatining susayishi hayz ko`rmaslikka olib keladi. Asosiy sabab aniqlangandan keyin o`tkazilgan  davolash ishlari albatta naf beradi.

*   *   *

— Hayz paytida ishlatiladigan taglik (prokladka) va tamponlarning zarari ham bor deb eshitganman. Shu rostmi?

Ziyoda

— Qizlar uchun mo`ljallangan prokladkalarning xech bir zararli tomoni yo`q, chunki ular gigienik talablarga to`la javob beradi. Biroq, tamponlar qin ichiga qo`yilishi sababli, ulardan qiz bolaning foydalanishi tavsiya etilmaydi.

*   *   *

“Yomon” kasallik yuqtirishdan qo`rqib yashayman. Ular chindan xam xavflimikin? Qanday saqlanish kerak?

Nodira

Hozircha jinsiy yo`l bilan yuqadigan kasalliklarning 20 dan ortiq turi ma`lum. Masalan, zahm (sifilis), OITS (SPID), so`zak (gonoreya), trixomonoz, xlamidioz, jinsiy a`zolar gerpesi singarilar ayniqsa ko`p uchraydi. Bu xastaliklarni yuqtirgan qiz-juvonlar o`z vaqtida davolanmasa, dardning og`ir asoratlaridan qiynalishadi.Chunki bu kasalliklar tufayli jinsiy a`zolarda yallig`lanish kuchayib, u peshob yo`llari orqali qorin bo`shlig`iga tarqaladi, keyinchalik esa bepushtlikni keltirib chiqaradi. Kasallikni yuqtirmaslik uchun tasodifiy jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Shuningdek, poliklinikalarda tashxisga deb qon topshirganda,  umumiy xojatxonalardan foydalanganda va ko`pchilik cho`miladigan hammom yoki saunalarga borganda kasallik yuqmasligi uchun ehtiyotkorlik choralarini ko`rish lozim. Jinsiy xastaliklar yuqishidan saqlanishda tozalikka rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega.

*   *   *

— Sport mashqlarini bajarish qizlik pardasiga ziyon etkazmaydimi?

S.N

— Qizlar sportning barcha turi bilan bemalol shug`ullanishlari mumkin. Lekin juda uzoq masofaga sakrashda ehtiyot bo`lgan ma`qul. Agar qiz bola sport bilan shug`ullanayotganda tasodifan yiqilib jarohat olsa yoki oyoqlari orasiga biror jism kirib, qin shikastlansa qizlik pardasi yirtilishi mumkin. Jinsiy a`zosi shikastlangan xollarda qizlar ginekolog shifokor tekshiruvidan o`tishlari muhim.

GULJAMILA yozib oldi

 

Шарҳлар

Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

16.12.2019, 11:35

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...
Kosonda joniga qasd qilgan o`quvchi qizning sumkasidan xayrlashuv maktubi chiqqanmidi?

14.12.2019, 20:26

Koson tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni o`z joniga qasd qilish holatlari bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik....
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...