my5
Sevimli

Tushkun kayfiyatda nega ko`p ovqat eymiz?

Salomatlik 05.12.2016, 12:00
Теглар: Salomatlik, Ayol
Tushkun kayfiyatda nega ko`p ovqat eymiz?

Hech ahamiyat berganmisiz, faqatgina ochlik hissini tuyganimizdagina ovqatlanmaymiz. Tushkun kayfiyatda, stress holatida bo`lganimizda ham o`zimiz sezmagan holda muzlatkich qarshisiga boramiz. Natijada esa ortiqcha vazn muammosi bilan ro`baro bo`lamiz, u yana bizni tushkunlikka etaklaydi. Tushkunlik o`z navbatida muzlatkich eshiklarini ochadi... Xullas, bu zanjir kabi davom etaveradi. Maslahatimiz, lazzat va rohatning boshqa manbaini toping. Sizga aynan nima etishmayotganini quyidagi test orqali aniqlaymiz...

1. Bo`sh vaqtingizni qay tarzda o`tkazishni yoqtirasiz?

A. Hushmanzara joylarda sayr qilishni yoqtiraman.

B. Bo`sh vaqtim bo`lishi bilan kino, serial, xullas, televizorda nima berayotgan bo`lsa ham ko`raveraman.

V. Bir piyola choy ustida suhbat qurish jonu dilim.

G. Musiqa tinglashni hush ko`raman.

2. Sizning nazaringizda hayotdagi qaysi hodisa eng muhim va unutilmas sanaladi?

A. Talabalik baxtiga muyassar bo`lish, albatta!

B. Shirindan-shakar farzandlarning dunyoga kelishi.

V. Karnay-surnay sadolari ostida sevgan insoning bilan turmush qurish.

G. Diydor.

3. Asab torlaringiz tarang tortilishiga nima sabab bo`ladi?

A. Devor ortidagi shovqin hamda taraq-turuq ovozlar

B. Hamkasblarning bilimsizligi va be`maniligi.

V. Yolg`izlik.

G. Biror xastalik yoki shikastlanish sabab rejalar barbod bo`lsa.

4. Ishingizda siz uchun eng muhim narsa nima?

A.  Xizmat pog`onalaridan yuqoriga ko`tarilish, obro`li lavozim egasi bo`lish.

B.  Oylik maoshi.

V. Sevimli hamkasblarim jamoasi.

G.  Ishim juda qiziqarli.

5. Tinch uyquga ketishingizga nima to`sqinlik qilishi mumkin?

A.  Qornim ochligi.

B. Uxlashdan avval kitob yoki gazeta o`qimasam bo`lmaydi.

V. Internet olamida biroz sayr qilishim shart!

G. Dush qabul qilmay, yuzimga, tanamga  tunggi krem surtmay uxlay olmayman.

Test javoblari

Ana endi javoblaringiz orasida qaysi harfni ko`p tanlaganingizga e`tibor berib, ko`p ovqat tanovul qilishingiz sababi bilan tanishing!

A. Hozirgi vaqtda band bo`lgan ishingiz sizni qoniqtirmaydi. Balki faoliyatingizni yanada qiziqarli va o`zingiz uchun foydali yo`nalishga burish vaqti kelgandir?! Agar qilayotgan ishingizdan ijobiy natija ko`rmasangiz, divanda yonboshlab yotgan holatingizdan sizni hech narsa turg`izolmaydi. Noliganingiz bilan ishingiz ham yurishmaydi, kamiga semirasiz ham! Unutmang, harakatda — barakat!

B. Bilimga chanqoqsiz, biroq shunga yarasha aqliy mehnat bilan shug`ullanmaysiz. Hunar o`rganishga bel bog`lang! Hayotingizda yangi insonlar paydo bo`lishi uchun imkoniyat tug`iladi. Bu esa o`z navbatida yangi hissiyotlar yuzaga kelib, muzlatkich va televizor qarshisidan sizni uzoqlashtiradi.

V. Siz ko`nglingizga yaqin insonlar bilan suhbat qurishingiz kerak. Do`stlar va qarindoshlaringiz bilan ko`proq uchrashing. Yakkalanish sizga salbiy ta`sir ko`rsatadi. His-tuyg`ularingizni yaqinlaringiz bilan bo`lishish faqatgina foyda keltiradi.

G. Sizni faqatgina moddiy narsalar xursand qila oladi. Yangi libos yoki go`zallik salonidagi muolaja unitilmas quvonchni bahsh etishga qodir. Bu toifadagi kishilarga jismoniy mashqlar ham yoqishi shubhasiz.

DILNOZA tayyorladi.

Шарҳлар

Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Oqqo`rg`onda mehmonga kelgan ayol mast holda mezbonni pichoqlab o`ldirdi

12.12.2019, 16:01

Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanida mudhish voqea ro`y berdi, deya xabar berdi “Postda”Shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o`z uyiga taklif qiladi. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda...
Surxondaryo chegarasida tadbirkor ayol bojxona xodimini urdi

03.12.2019, 11:22

Bojxona xodimiga ayol kishi tomonidan qarshilik ko`rsatish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi "Chumchuqlijar" chegara bojxona...
Navoiyda 27 yoshli tadbirkor ayol erini pichoq bilan bir necha marta urib o`ldirdi

02.12.2019, 11:05

Navoiy viloyatida er va xotinning urishi erkakning o`limi bilan yakun topdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.Aniqlanishicha, 2019 yil 30 noyabr kuni...