AsosiySport

EChL. "Barselona" yirik g`alabaga erishdi, "Manchester Siti" ochko yo`qotdi

Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichi so`nggi, 6-turida "Barselona" jamoasi o`z maydonda Borussiya M" futbolchilarini qabul qildi.

Mazkur o`yinda 4:0 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g`alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, Messi 16-daqiqada hisobni ochgan bo`lsa, Arda Turan uchta gol urib xet-trik qayd etdi.

Ushbu g`alabadan keyin "Barselona" uch ochkoga ega bo`ldi va umumiy 15 ochko bilan guruhni 1-o`rinda yakunladi. 

Guruhning ikkinchi o`yinida "Manchester Siti" o`z uyida "Seltik" bilan 1:1 hisobida durang o`ynadi. "Shaharliklar" ochko yo`qotganiga qaramay, EChL pley-off bosqichiga yo`llanma oldi. 

"Barselona" (Ispaniya) – "Borussiya M" (Germaniya) 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 16 Messi, 2:0 – 50 Turan, 3:0 – 53 Turan, 4:0 – 67 Turan. 
"Barselona" – Sillessen, Aleish Vidal, Maskerano, Umtiti, Din, Suares, Andre Gomesh, Inesta (Rafinya, 61), Messi, Pako Alkaser, Turan (Kardona, 74).
"Borussiya M" – Zommer, Korb, Kristensen, Yanchke, Vestergor, Elvedi, Azar (Raffael, 72), Shtrobl, Daud (Kramer, 59), Shuls (Jonson, 59), Xan.
Ogohlantirishlar: Daud (55).

"Manchester Siti" (Angliya) – "Seltik" (Shotlandiya) 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 4 Roberts, 1:1 – 8 Ixeanacho.
"Manchester Siti" – Kabalero, Sanya, Adarabioyo, Klishi, Maffeo (Navas, 62), Sabaleta, Fernando, Gyundogan, Sane, Nolito, Ixeanacho.
"Seltik" – Gordon, Lyustig, Shimunovich, Svyatchenko, Isagirre, Braun, Roberts, Rogich, Armstrong, Forrest (Makay-Stiven, 51), Dembele (Griffits, 73).
Ogohlantirishlar: Lyustig (44), Gyundogan (79), Braun (85).

Boshqa yangiliklar