Sarlavhadagi savolga aniq javob berish uchun, so`zsiz, shifokor maslahati va aniq tashxis talab etiladi. Ammo ba`zi belgilar surunkali vena etishmovchiligining u yoki bu ko`rinishlariga ishora qiladi. Quyidagi test vena tomirlaringiz ahvoli va surunkali vena etishmovchiligi xavfi bor-yo`qligini aniqlashda yordam beradi.
1) Kun davomida uzoq vaqt tik turish yoki o`tirishga to`g`ri keladimi?
- Ha, doim shunday – 15 ball.
- Ko`pincha – 10 ball.
- Kamdan-kam hollarda – 5 ball.
- Yo`q – 0 ball.
2) Yoshingiz 40dan oshganmi?
- Ha – 10.
- Yo`q – 0.
3) Vazningiz me`yordan juda oshib ketmaganmi?
- Yo`q, 20 kilodan biroz oshgan – 15.
- 10–20 kg oshgan – 10.
- 10 kilodan kam oshgan – 5.
- Me`yorida – 0.
4) Tez-tez og`ir yuk ko`tarish yoki ko`tarib yurishingizga to`g`ri keladimi?
- Ha – 15.
- Ko`pincha – 10.
- Kamdan-kam hollarda – 5.
- Yo`q – 0.
5) Katta jismoniy yuk talab etadigan sport turlari bilan shug`ullasizmi yoki ilgari shug`ullunganmisiz?
- Ha, hamisha – 15.
- Ko`pincha – 10.
- Kamdan-kam hollarda – 5.
- Yo`q – 0.
6) Chekasizmi?
- Kuniga bir qutidan ko`p – 15.
- Bir qutidan kam – 10.
- Yarim qutidan kamroq – 5.
- Yo`q – 0.
7) Spirtli ichimlik iste`mol qilasizmi?
- Ha, hamisha – 15.
- Tez-tez – 10.
- Ba`zan – 5.
- Yo`q – 0.
8) Yassioyoqlikdan aziyat chekasizmi?
- Ha – 15.
- Yo`q – 0.
9) Qahva ichasizmi?
- Ha, kuniga 3 finjondan ko`p – 10.
- Kuniga 2 finjon – 5.
- Onda-sonda – 0.
10) Bo`yingiz balandmi?
- Ha – 10.
- O`rtacha – 5.
- Yo`q – 0.
11) Tor, noqulay, poshnali poyabzal kiyasizmi?
- Ha, hamisha – 15.
- Ko`pincha – 10.
- Ba`zida – 5.
- Yo`q – 0.
12) Oyoqlarni siqib turadigan chulki, golfi yoki siqib turadigan rezinali paypoq kiyasizmi?
- Ha, har doim – 15.
- Ko`pincha – 10.
- Kamdan-kam hollarda – 5.
- Yo`q – 0.
13) Yurak etishmovchiligidan aziyat chekasizmi?
- Ha – 15.
- Yo`q – 0.
14) Buyrak kasalliklariga chalinganmisiz?
- Ha – 15.
- Yo`q – 0.
15) Kichik tos a`zolari bo`yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganmisiz?
- Ha – 15.
- Yo`q – 0.
16) Sizda qabziyat (ich qotishi) kuzatiladimi?
- Ha, doim – 15.
- Ko`pincha – 10.
- Ba`zan – 5.
- Yo`q – 0.
17) Issiq vanna qabul qilasizmi, hammomda bug`lanasizmi?
- Ha, har doim – 15.
- Tez-tez – 10.
- Ba`zida – 5.
- Yo`q – 0.
18) Oyog`ingiz jarohatlanganmi?
- Ha – 10.
- Yo`q – 0.
19) Solyariyga borishni yoki sohil bo`yida oftobda toblanishni yaxshi ko`rasizmi?
- Ha – 15.
- Ko`pincha shunday qilaman – 10.
- Kamdan-kam hollarda toblanaman – 5.
- Yo`q – 0.
20) Rasional ovqatlanish tartibiga rioya qilasizmi?
- Ha, hamisha – 0.
- Ko`pincha – 5.
- Kamdan-kam hollarda – 10.
- Yo`q – 0.
21) Ota-onangiz venalarning varikoz kengayishidan aziyat chekishganmi?
- Ha, ikkisi ham – 10.
- Faqat bittasi – 5.
- Yo`q – 0.
22) Necha marta tug`uruqni boshdan kechirgansiz (ayollar uchun)?
- Ikki martadan ko`p – 15.
- Ikki marta – 10.
- Bir marta – 5.
- Tug`uruqni boshdan kechirmaganman – 0.
Endi ballarni hisoblang va natijani baholang!
Natija |
Mutaxassis maslahati |
Agar natija 85 (erkaklarda) va 95 (ayollarda) ballgacha bo`lsa, hozircha venalaringizning ahvoli yaxshi. |
Biroq ularni ko`p zo`riqtirmang: o`tirganda oyoqlaringizni chalishtirmaslikka harakat qiling; zararli odatlardan voz keching; quyosh vannalari va solyariyda bo`lishni kamaytiring. Kechqurunlari oyoqlaringizni sovuq suv bilan chaying. 15 daqiqa qavatlangan ko`rpacha ustiga ko`tarib yotgancha oyoqlarga dam bering. Og`ir yuk ko`tarmang; vazningizni kuzatib boring. Suzing, velosipedda sayr qiling, zinadan ko`proq chiqib-tushing. |
90 dan 170 ballgacha (erkaklarda) yoki 100 dan 200 ballgacha (ayollarda). Biroz bo`lsa-da, surunkali vena etishmovchiligi rivojlanishi xavfi bor. |
Davolovchi kompression golfi, chulki yoki kolgotka kiying, paypoqning rezinasi qisib turadigan bo`lmasin. Son va boldir harakatini susaytiradigan kiyimlardan voz keching. To`g`ri ovqatlaning, vazningizni normallashtirishga harakat qiling, shifookr tavsiyasi bilan venalar ahvolini yaxshilovchi maxsus preparatlar qabul qilishingiz mumkin. |
Natija 175 dan 285 ballgacha (erkaklarda) va 205 dan 300 ballgacha (ayollarda) bo`lsa, sizda surunkali vena etishmovchiligi muammosi borga o`xshaydi. |
Keyinga qoldirmay, zudlik bilan shifokor bilan maslahatlashing. Jiddiy davo kursini o`tashingizga to`g`ri kelishi mumkin.
|
Tavsiyalarni shifokor Saodat TEMIROVA berdi.
Venalarga qanday yordam berish mumkin?
Vena tomirlarining salomatligi butun organizm ahvolida o`z aksini ko`rsatadi. Agar oyoqlardagi venalar kengaygan bo`lsa, buyu rak-qon tomir tizimi faoliyati ham izdan chiqqanidan darak beradi. Demak, varikoz va surunkali vena etishmovchiligi nafaqt venalar kengayishi va yurganda charchashni bildiradi, balki yurak va o`pkalar, jiga rva buyraklarning to`g`ri ishlashiga ham xalaqit beradi. Shuning uchun venalar salomatligiga ahamiyatli bo`lish juda muhim. Venalarga yordam berish qiyin emas. Buning uchun bir qancha oddiy tavsiyalarga amal qilsangiz kifoya:
• faol rejimga amal qiling, bo`sh vaqtingizda sport bilan shug`ullaning. Suzish ayniqsa foydali. U oyoqlar va butun organizm tomirlarini faollik bilan mashq qildiradi.
• Agar faoliyatingiz o`tirib ishlash bilan bog`liq bo`lsa yoki kun bo`yi tik oyoqda turishingizga to`g`ri kelsa, biroz mashq qilib olishga vaqt toping. Yuring, imkon bo`ldi deguncha oyoqlaringizni biroz ko`tarib o`tiring yoki yoting. Bu qon aylanishini yaxshilaydi.
• Oyoqlarni chalishtirib o`tirish yaramaydi. Bu qonning bir joyda turib qolishiga sabab bo`ladi.
• maxsus elastik chulki yoki bintlar taqib yuring. Ular shifokri tavsiyasi bilan individual tarzda belgilanadi. Ular oyoqlardagi kerakli bosimni tutib turadi.
• Ortiqcha vazn orttirmaslikka harakat qiling. Agar vazningizga vazn qo`shilgan bo`lsa, jismoniy mashqlar va meva-sabzavotlarga boy parhez yordamida ozishga harakat qiling.
• Agar oyoqlaringizda, venoz «rasmlar» shish paydo bo`lsa, tomirlar tortishib og`risa, shifokorga murojaat qiling.
NILUFAR