- Ko`ngildan biror qo`shiqni hirgoyi qilsangiz 10-20 kaloriya parchalanadi. Qo`shiq qanchalik balan kuylansa, kaloriyalar ham yomg`ir tomchisi kabi to`kilib ketaveradi.
- Bor-yo`g`i 10 daqiqa miriqib kulsangiz 20-40 kaloriya lom-mim demay parchalanib ketadi;
- Ertalab va kechqurun tishlarni odatdagidek tozalab olsangiz, 2 daqiqadayoq 5-7 kaloriyani yo`q qilasiz;
- Do`kon aylanayotganda haridlar uchun aravachadan foydalansangiz ham 30 daqiqada 80 kaloriyaga barham berishingiz mumkin. Aravachani harakatlantirib, qo`l-oyoq mushaklarini ishga solasiz-da!
- Er-xotinning bir bo`sasi buni qarangki 2-4 kaloriyani parchalashga yordam berar ekan;
- Farzandingizni bag`ringizga bosib erkalashingiz esa 15-20 kaloriyani tilka-pora qiladi;
- Taomlangandan so`ng saqich chaynash 11 kaloriyani yo`q qiladi;
- Yaqinlaringizga SMS yozib, yo`llashingiz bir soatda 40 kaloriyani parchalaydi;
- Sutkasiga 8 soat uxlashga odatlaning. Shunda kun davomida 360 kaloriya o`z-o`zidan yo`qoladi.
07.12.2016 11:32