my5
Sevimli

Yurak uchun foydali mahsulotlar!

Salomatlik 07.12.2016, 14:28
Теглар: Salomatlik
Yurak uchun foydali mahsulotlar!

Sir emaski, iste`mol qilayotgan har bir taomimiz organizm, xususan, yurak uchun foydali va aksincha, zararli bo`lishi  mumkin. Ahamiyat bergan bo`lsangiz, shifokor ko`rigida, ko`pincha, qanday mahsulotlarni nisbatan ko`proq iste`mol qilishimiz so`raladi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki...

Olma

Har kuni hech bo`lmaganda bitta olma iste`mol qilish yurak qon- tomir tizimida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xastaliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Olma tarkibidagi kletchatka qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishda asqotadi. Agar sizda yurak bilan bog`liq xastaliklar bo`lsa, olma pyuresi, sharbati va mevasini doimiy iste`mol  qiling. 

Yong`oq

Yong`oq tarkibida yarim to`yingan yog`lar mavjud bo`lib, qondagi xolesterin miqdorini oshirmaydi. Bu yog`lar tibbiyotda “foydali yog`lar” nomi bilan atalib, yurakning “yog` bosishi”dan asraydi. Yurak faoliyati bilan bog`liq muammolar va ularning oldini olishda  kuniga 3-4 tadan yong`oq iste`mol qilish kerak.

Ismaloq

Bu ko`katni salatga qo`shib iste`mol qilish yurak qon-tomirlarini quvvatlantirishga ko`maklashadi. Ismaloq tarkibidagi V9 vitamini  yurak uchun foydali bo`lib, uni taomnomaga muntazam kiritish foydadan xoli bo`lmaydi.

Qovoq

Tarkibida beta-karotin, kaliy va S vitaminlarining ulkan zaxirasi borligi uchun yurak qon-tomirlarining erta aterosklerozidan himoya qiladi. Shuningdek, qovoq arterial qon bosimini kamaytirishga ham hissa qo`shadi. Yurak bilan bog`liq muammolarda qovoqning bug`da yoki dimlab pishirilgani tavsiya etiladi.

Brokkol

Tarkibida bir necha foydali elementlardan tashqari ko`p quvvat sarflaydiganlar uchun g`oyat zarur bo`lgan Q10 koenzimini jamlagan. Mazkur element organizmni kun davomida quvvat bilan ta`minlaydigan yurak uchun juda foydalidir. Brokkolni xomligicha, shuningdek, bug`da tayyorlab, iste`mol qilish mumkin. 

Anor

Qonning  quyilishi muammosiga duch kelganlar anor mevasi yoki sharbatini iste`mol qilishlari lozim. Shu bilan birga anor sharbati yurak qon-tomir faoliyati uchun foydalidir.

Boshoqli va dukkakli o`simliklar

Nonushta uchun engil hazm bo`luvchi manniy va suli yormasidan tayyorlangan sutli  bo`tqalar yurak ishemik xastaliklaridagi muolaja vaqtida parhezga kiritiladi.  

Oq  va qizil loviya, yasmiq doni (chechevisa)  tarkibida yog` kislotalari kam bo`lib, ular kaliy, kletchatka va oqsilga boyligi bilan yurak uchun kerakli ozuqa bo`la oladi. Qo`y go`shti va go`shtning boshqa yog`li turlarini  mazkur donlardan tayyorlangan taomlarga almashtirish mumkin.  

Sarimsoqpiyoz

Qon  tomirlaridagi tonusni kamaytirgani bois, yurak xastaliklarida eguliklar bilan birga tanovul qilish tavsiya etiladi. Sarimsoq piyozni xomligicha iste`mol qilishni yoqtirmasangiz, egulik va taomlarga qo`shishingiz mumkin.

O`rmon mevalari

Qorag`at, malina kabi mevalardan tayyorlangan damlama va  choylardagi kaliy moddasi organizmda yig`ilib qolgan ortiqcha suyuqlikni chiqarishga yordam berib, tana a`zolari (qo`l va oyoq)dagi shishlarni kamayishtirishga yordam beradi.

Uzum

Qon tomirlari devorini mustahkamlashga ko`mak beradi va kamqonlik hamda qon ivishi bilan bog`liq muammolarni bartaraf etadi. Yurak uchun foydali bo`lishini istasangiz, uzumning qora va qizg`ish turlarini iste`mol qiling.

Шарҳлар

YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...