my5
Sevimli

Buyrak, quloq, ko`z, tish va qandli diabet xastaliklarini davolovchi ANOR!

Salomatlik 07.12.2016, 15:36
Теглар: Salomatlik, SUGDIYONA
Buyrak, quloq, ko`z, tish va qandli diabet xastaliklarini davolovchi ANOR!

Qadimiy afsonalarda kuzning xushxo`r ne`mati — anor “mevalar shohi” deya e`tirof etilgan. U hukmronlik, kuch-qudrat, mehr va sadoqat ramzi sanaladi. Eng muhimi, anor bir necha shifobaxsh xususiyatlarni ham o`zida mujassam etgan.

 

* Anor magniy, kalsiy, kaliy, fosfor, natriy, yod, A, V, S, E vitaminlariga boy bo`lib, organizmning immun tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bir haftada bir marta eyilgan anor immunitetni oshirib borish uchun etarlidir. 

* Tarkibida ko`p miqdorda temir mavjud bo`lib, qondagi gemoglabin miqdorini ko`paytiradi. Kamqonlikni davolashda ovqatlanishdan 30 daqiqa avval yarim stakan anor suvini ichish foydalidir. Ushbu muolajani ikki oy davom ettirish kerak.  

* Anor mevasi organizmdagi oqsil, yog` va uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi. 

* Angina, faringit, gingivit, stomatit, bronxial astma kasalliklarida davo bo`ladi. Anor tomoq og`rig`ini qoldirib, og`iz bo`shlig`idagi infeksiyalarni o`ldiradi.

* Anorda boshqa mevalarga nisbatan shira kam. Shu sabab parhezdagilar ham uni iste`mol qilishlari mumkin. Masalan, qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar ovqatlanishdan avval anor sharbatini ichsalar, qondagi qand miqdori kamayadi.

* Radioaktiv nurlarga yaqin joyda yashovchi va shunday sharoitda ishlovchilar anorni ko`p iste`mol qilishlari kerak. Chunki bu meva organizmni zararli nurlardan himoyalab turadi.

* Teringiz yog`li, yuzingizda husnbuzar ko`p bo`lsa, anor donalarini ezg`ilab niqob tayyorlang.

* Anor qon bosimini tushiradi. Choyga qo`shib ichsangiz, asabni tinchlantirib, tungi uyqu me`yoriga keltiradi.

* Anorning nafaqat doni va suvi, balki po`stlog`i ham foydali. U organizmdagi gormonal me`yorni saqlashga turtki bo`lib, ayollarga klimaks mahali yordam beradi. Hayz sikli buzilganida ham anor sharbatini ichib, muammoni hal qilish mumkin.

* Buyrak, quloq, ko`z va ginekologik a`zolar yallig`lanishining oldini oladi. Anor siydik haydovchi vosita bo`lib, ayniqsa, nordoni buyrak va siydik yo`lidagi toshlarni tushirishda yordam beradi.

* Ishtahani ochadi. Ovqat eyishni xohlamaydigan bolalarni anor bilan siylang.

* Tishingiz og`rib qolsa, anor va uning po`stlog`ini asalga aralashtirib, iste`mol qiling.

* Anor sokini qo`shiqchi va notiqlar muntazam ichib yurishsa, ovoz tiniqlashib, yanada jarangdor bo`ladi. 

 

Xarid chog`i adashmang! O`rtacha va katta hajmdagi, nisbatan og`ir, qattiq anorni tanlang. Unda yara-chaqalar yo`q bo`lsin. Shirin anor koptokdek dumaloq emas, biroz yapasqi, chetga qiyshaygan bo`ladi. Anorning usti quruq, ichi suvli bo`lishi kerak.

 

Anorning ham ozi shirin! Anor ko`pgina foydali xususiyatlarni o`zida jamlagan bo`lishiga qaramay, uni iste`mol qilishda me`yorgsha amal qilish kerak. Jumladan, anor sharbatiga qaynagan suv aralashtirib ichish tavsiya etiladi. Chunki ushbu meva tarkibida kislota ko`p miqdorda bo`lib, oshqozon hamda tish emalini zararlab qo`yishi mumkin. Gastrit, jig`ildon qaynashi bezovta qiladigan va oshqozonida yarasi bor bemorlar anorni o`ylab tanovul qilishlari lozim. Shuningdek, anor ich qotiruvchi meva ekanligini hisobga olib, qabziyatdan qiynaluvchilar ham uni kamroq eyishgani ma`qul.

DURDONA tayyorladi

Шарҳлар

YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...