AsosiySalomatlik

«Dori ichib semirib ketdim, endi ozolamanmi?»

— Gormonal vositalar yordamida davolanganimdan so`ng anchayin to`lishdim. Semizlik muammoga aylanmasidan burun ozsam degandim, ammo bu ishni qanday bajaraman?

Nozima Abdullaeva, Toshkent viloyati

Savollarga shifokor-terapevt Shahnoza SAIDOVA aniqlik kiritadi.

— Gormonal vositalarning qabuli odatda, ishtahaning yaxshilanishini paydo qiladi. Bu esa tabiiyki vazn ortishiga sabab bo`luvchi omillardandir. Ozmoqchi bo`lsangiz, avvalambor organizmni tozalash choralariga diqqat qarating. Giyohli choylar (moychechak, dalachoy, shivit suvi)dan foydalanishingiz mumkin. Nahorga limonli suv ichish, qovoq yoki zaytun moyini salatlarga qo`shib iste`mol qilish ham foydali. Ovqatlanish miqdorini kamaytiring, tez-tez – kuniga 6 marta tanovul qilishga odatlaning, taomlar orasida, albatta, ikkitadan meva yoki sabzavot (misol uchun sabzi) eng, chaq-chuqlar, tvorog, qatiq yordamida ishtahani aldang. Har kuni kamida 3-4 bekat piyoda yuring, vaqtida uxlang va zinhor asabiylashmang, bu tamaddi qilish istagini faollashtirishi mumkin.

 

Boshqa yangiliklar