my5
Sevimli

EChL. "Real" va "Borussiya D" murosa ko`chasini tanladi

Sport 08.12.2016, 09:25
Теглар: Krishtianu Ronaldu, Futbol, Sport, Real madrid, Evropa chempionlar ligasi
EChL. "Real" va "Borussiya D" murosa ko`chasini tanladi

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi so`nggi, 6-turida "Real Madrid" jamoasi o`z maydonida "Borussiya D" futbolchilarini qabul qildi.

Qiziqarli kechgan o`yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Madridliklar safida Karim Benzema dubl muallifi bo`ldi.  Dortmundliklardan Per-Emerik Obameyang va Marko Roys gol kiritishdi. Har ikki jamoa EChLning keyingi bosqichiga yo`l oldi. 

Guruhning ikkinchi o`yinida "Legiya" va "Sporting" o`zaro kurash olib bordi. Mazkur o`yinda varshavaliklar 1:0 hisobidagi kichik g`alabani qo`lga kiritdi. 

"Real" Madrid – "Borussiya" D  2:2 (1:0, 1:2)  
Gollar:
 1:0 – 28 Benzema, 2:0 – 53 Benzema, 2:1 – 60 Obameyang, 2:2 – 88 Roys.
"Real Madrid" – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Kroos, 63), Kazemiro, Xames, Vaskes, Benzema (Morata, 85), Ronaldu.
"Borussiya D" – Vaydenfeller, Papastatopulos, Shmelser, Pishchek, Bartra, Vaygl, Kastro (Rode, 80), Shyurrle (Roys, 61), Pulishich (Mor, 61), Obameyang, Dembele.
Ogohlantirishlar: Modrich (38), Kazemiro (69), Papastatopulos (71).

"Legiya" – "Sporting"  1:0 (1:0, 0:0)  
Gol:
 1:0 – 30 Gilerme.
"Legiya" – Malyaj, Jeznichak, Gloushek, Bereshinski, Pazdan, Mulen, Kopchinski, Odjidja-Ofoe, Gilerme (Kuxarchik, 62), Radovich (Dombrovski, 90), Priyovich (Xyamyalyaynen, 86).
"Sporting" – Ruy Patrisiu, Koates, Zegelar (Andre, 68), Paulu Oliveyra (Eshgayyu, 58), Ruben Semedu, Markovich (Ruis, 59), Vilyam Karvalyu, Bruno Sezar, Adrien Silva, Jelson Martinsh, Dost.
Ogohlantirishlar: Kopchinski (36), Adrien Silva (56), Jeznichak (74), Odjidja-Ofoe (75), Radovich (79), Vilyam Karvalyu (81), Pazdan (81).
Chetlatish: Vilyam Karvalyu (85).

Шарҳлар

“Real” Mbappe bo`yicha yangi shartnoma tayyorlamoqda

13.11.2021, 16:07

Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasi vaqtida “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappeni o`z safiga qo`shib olmoqchi. Bu haqda RMS xabar berdi. Qayd etilishicha, “qirollik” klubi 22 yoshli fransiyalik futbolchining...
Ronaldu: “Vaqt keldi!”

25.10.2021, 17:54

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Liverpul”dan qabul qilib olingan mag`lubiyatdan keyin o`z Instagram sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.“Ba`zida o`zimiz xohlagan natijaga erisha olmaymiz. Buning uchun...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi emas

23.10.2021, 21:08

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida faoliyatini qachon yakunlanishi haqida berilgan savollarga javob qaytardi."Menimcha, terma jamoadagi faoliyatimni tugatish vaqti kelmagan. Bu borada odamlar nimani xohlashlari muhim...