1. Mumkin bo`lgan mahsulotlar:
- manniydan boshqa barcha turdagi yormalar;
- sut va qatiq mahsulotlari: kefir, pishloqning o`tkir bo`lmagan turlari va meva konservantlari qo`shilmagan tabiiy yogurt;
- mol, kurka va ot go`shti;
- sabzavotlardan: karam, qovoqcha (kabachki), patisson, qovoq, ko`katlar, yashil no`xot, loviya;
- meva: yashil va sariq olmalar, nok, olxo`ri;
- yuqorida ko`rsatilgan meva sharbatlariga 1\3 nisbatda qaynagan suv qo`shib ichishingiz mumkin va xushbo`ylantiruvchilarsiz choy;
- sariyog`, zaytun, kungaboqar va o`simlik yog`lari;
- ikkinchi darajali undan tayyorlangan, shuningdek guruch va makkajo`xori unidan pishirilgan non.
2. Quyidagi mahsulotlarni har bir bemor o`z ahvolidan kelib chiqqan holda, shifokor bilan maslahatlashib cheklaydi:
- manniy yormasi, makaron mahsulotlari;
- sut va smetana (faqat taom tarkibida), tvorog va meva konservantlari qo`shilgan yogurt;
- tovuq go`shti;
- sabzi, lavlagi, piyoz, sarimsoq piyoz, bodring, baqlajon;
- olcha, banan, na`matak, qorag`at;
- sariyog`;
- oliy navli undan tayyorlangan nonlar.
3. Butunlay TAQIQLANADI:
- achchiq, sho`r va qovurilgan taomlar;
- ziravorlar, dudlangan mahsulotlar;
- kolbasa, sosiska;
- jigar;
- baliq, baliq ikrasi, dengiz taomlari;
- tuxum;
- yumshoq va o`tkir pishloq;
- muzqaymoq, mayonez, ketchup;
- rediska, ismaloq, pomidor, bulg`or qalampiri, tuzlangan bodring;
- qovun, tarvuz, qo`ziqorin va yong`oqlar;
- sitrus mevalari, qulupnay, maymunjon, uzum, o`rik, shaftoli, anor, kivi, ananas;
- margarin va hayvon yog`lari;
- gazli, mevali sharbatlar;
- qahva, kakao, kisel, kvas;
- asal, shokolad, zefir, saqich, tort, kekslar va yangi pishirilgan, suvi qochmagan pishiriqlar.