AsosiySalomatlik

Gerpesmi? O`zimiz davolaymiz!

1.    Sarimsoqpiyoz yoqimsiz toshmadan xalos bo`lishga yordam beradi. Buning uchun sarimsoqpiyozni mayda bo`laklarga bo`lib, gerpes ustiga qo`ying-da, 10 daqiqa ushlab turing.  So`ng ozroq asal surtib, yana 5 daqiqa muolajani davom ettirasiz. Mazkur usulni 3 kungina takrorlashingiz mumkin.

2.    Labdagi gerpesda aloe va kalanxoe gullari asqotadi. Aloe yoki kalanxoe guli yuzasidagi yupqa plyonkani olib yoki o`rtasidan ikkiga ajratib, lab ustiga qo`ying. Suvi qochgandan so`ng yangi aloe bilan almashtiring. Bunday muolaja terini gerpesdan xalos qilib, o`z holiga keltiradi.

3.    1 stakanga qora oliy nav choydan damlang. Choy ichilib, xaltacha qurib qolganda uni gerpes ustiga 20 daqiqaga qo`ying. Muolajani bir kunda uch marta takrorlasangiz, natijasi xursand qiladi. 

Boshqa yangiliklar