AsosiySalomatlik

Dolchin – kayfiyat ko`taruvchi ziravor

Dolchinni ishiriqlarga ishlatilishidan tashqari choy, qahva va suyuq taomlarga ta`m berishda ham foydalanish mumkin. Sovuq kunlarda sutga asal va bir chimdim dolchin qo`shib ichilsa, badanni isitib, shamollash alomatlariga davo bo`ladi. Quyida sizni dolchinning shifobaxsh xususiyatlari bilan tanishtiramiz.

1. Miya faoliyatini yaxshilaydi

Xotira, diqqatni jamlash hamda tasvirni eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi. Keksalikdagi Alsgeymer kasalligidan himoyalaydi. Jizzakilik, depressiya va bosh og`riqlariga davo bo`ladi.

2. Yog`larni parchalaydi

Qattiq qovurilgan taom yoki egulik iste`mol qilingach, dolchin qo`shilgan choy ichilsa, ovqat hazm bo`lishi yaxshilanib, ichaklarda yog` to`planishi yuzaga kelmaydi.

3. Qomatni ixchamlatiradi

Albatta to`g`ri ozish uchun ovqatlanishni nazorat qilish hamda sport mashqlarini kanda qilmaslik kerak. Shu bilan birga dolchin qo`shilgan choy yoki qahva ham asqatadi. Ushbu mahsulot qonda qand miqdorini nazorat qilib, metabolizm jarayonini faollashtiradi. Bu esa ortiqcha vazndan himoyadir.

4. Oshqozonga yordam beradi

Me`da faoliyati bilan bog`liq o`zgarishlarda dolchin qo`shilgan  sabzavotli sho`rva iste`mol qilish mumkin. Ayniqsa, bir chimdim dolchin solingan qovoqli taomlarning mazasi og`zingizda qoladi. 

5. Asabni tinchlantiradi

Dolchinda magniy ko`p bo`lib, bu modda kayfiyat o`zgaruvchanligini nazorat qiladi. Qolaversa, dolchindagi birikmalar yaxshi kayfiyat uchun javobgar gormonlarni faollashtiradi.

6. Milklarni mustahkamlaydi

Dolchin antibakterial ta`sirga ham ega bo`lib, milk yallig`lanishini bartaraf etadi. hatto, tish emalini turli zararlanishlardan himoyalashi ham mumkin. Bundan tashqari, og`iz bo`shlig`ini tozalab, yoqimsiz hidlardan halos etadi. 

Boshqa yangiliklar