my5

O`g`il bolalar xastaliklari yoxud bo`lajak er yigitlarni bepushtlikdan asrang!

Salomatlik 15.12.2016, 10:52
Теглар: Salomatlik, Erkak, Bola, SUGDIYONA
15839
O`g`il bolalar xastaliklari yoxud bo`lajak er yigitlarni bepushtlikdan asrang!

Urolog-androlog shifokor – Shavkat Usmonov maslahat beradi:

O`g`il bolalarning jinsiy a`zolaridagi ba`zi xastaliklarni ota-onalar goho sezmasligi, shifokorga murojaat etmasligi mumkin. Aksariyat hollarda vaqt boy berilib, kasallik rivojlanishda davom etadi. Oqibati esa ma`lum: oila qurilgach, bepushtlikdan aziyat chekiladi.

Masalan, orxitni olaylik. Bolalikda orttirilgan dardlardan  biri bo`lib, u ko`pincha, o`g`il bola yiqilganida yoki biror joyga urilib, jinsiy a`zolari lat egach, kelib chiqadi. Qattiq jarohatlanish tufayli moyak ezilishi mumkin. Orxit xastaligida moyakning bir tomoni qizarib og`riydi, shishadi, bolaning tana harorati ko`tariladi. Moyak yorilganida bir tomoni shishib, ko`kimtir tusga kiradi, og`riq tobora zo`rayaveradi.

Orxitning infeksion turi, ko`pincha, tepkidan so`ng paydo bo`ladi. Moyak kattalashadi, teri ostiga suv yig`ilib, qichishadi. Ba`zan suv yig`ilgan pufaklar yoriladi, lekin moyakni bosib ko`targanda og`rimaydi. Bu vaqtda bemorga dori-darmon berilsa, u sog`ayib ketadi.

Moyakning o`z ildiziga o`ralib qolishi ham bolalarda ko`p kuzatiladi. Ba`zan qattiq sakrash yoki qaltis harakat oqibatida moyak o`z ildizi atrofida o`ralib, kattalashadi, chov sohasi qattiq og`riydi. Vena tomirlarining siqilishi tufayli bu joyda modda almashinuvi buziladi.

Ektopiya moyaklarning joyiga tushmay, boshqa a`zolarga o`tib ketishidir. Bunda moyak, ko`pincha, qovuq, bel yoki chov sohasiga, ayrim vaqtlarda olat tagiga tushib qoladi. Bola darhol shifokorga olib borilsa, u go`dakka ozor bermay turib, moyakni o`z joyiga – yorg`oqqa tushirib qo`yadi. Bordi-yu, ota-ona bu holga beparvo bo`lsa, “adashib” qolgan moyak rivojlanmay, asta-sekin o`smaga aylanib ketadi.

A`zoning chala o`sishi gormonlarga bog`liq holda kechib, bunda bolaning tashqi jinsiy a`zolari rivojlanishdan to`xtaydi va o`smay qoladi. Bemorning qorni va bel sohasiga yog` to`planadi, ko`krak bezlari o`sib, ovozi noziklashadi, qiliqlari qizlarnikiga o`xshab boraveradi. Bunday paytda bemor bola shifokorlar nazoratida bo`lsa, tegishli muolajalardan keyin nuqsonlar yo`qoladi.

Varikosele (urug` tizimchasi venasining kengayishi va uzayishi) o`smirlarda uchrab, qaltis harakat yoki muntazam jismoniy zo`riqish ham bu kasallikka turtki bo`lishi mumkin.

Kriptorxizm (moyaklarning o`z o`rnida bo`lmasligi bilan kechadigan tug`ma xastalik) bola ona qornida ekanidayoq kuzatiladi.

Aziz ota-onalar, shu singari dardlar paydo bo`lganini sezishingiz bilanoq, bolani urolog-androlog shifokorga ko`rsating va o`g`lingiz xastalik rivojlanmasidan burun muolajalarni olsin. Aks holda yuqorida ta`kidlanganlarning har biri jiddiy holat hisoblanib, o`z vaqtida bartaraf etilmasa, bora-bora bepushtlikni keltirib chiqaradi. Zero, bolani kichikligidanoq asrab avaylash lozim. Uni yiqilish, lat eyish hamda turli yuqumli xastaliklardan ehtiyotlang. Shunda sog`-omon va durkun bo`lib ulg`ayadi. 

G. JAMILOVA yozib oldi.

 

Шарҳлар

Buxorolik erkak qo`shxotinlikda ayblanib, unga bir yil ozodlikdan cheklash jazosi berildi

24.11.2019, 10:51

 G`ijduvonda X.S. ismli fuqaro qo`shxotinlikda ayblanib sudlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha G`ijduvon tuman sudi raisi Boborahim Ochilov ma`lum qilgan.1966 yili G`ijduvon tumanida tug`ilgan fuqaro...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...