Gulimboy BOBOXONOV, LOR shifokori:
– Sizga tomoq og`rig`ini qoldirishda mavrak (shalfey) moyini tavsiya etgan bo`lardik. Yarim stakan qaynatilgan iliq suvga to`rt tomchi mavrak moyini tomizib aralashtiring va har safar ovqatlangandan so`ng tomog`ingizni chaying. Shuningdek, mavrak o`simligining quritilganini choy o`rnida damlab, bir-ikki choy qoshiqdan ichsangiz va tomoqni shu suvda chayib tursangiz, og`riq kamayadi va bakteriyalar tarqalishining oldi olinadi.
Unutmangki, tomoq og`rishi bilan kechadigan yiringli anginada shifokor qabuliga bormay turib, tomoqni chayish tavsiya etilmaydi.