AsosiySalomatlik

Homiladorlarga samolyotda uchish xavflimi?

Bo`lajak ona samolyotda uchishiga to`g`ri kelganida “Bolamning sog`lig`iga zarar emasmikan?” deya hadiksiraydi. Xavotirga o`rin yo`q, quyidagi qoidalarlardan boxabar bo`lsangiz kifoya.

1.     Agar homiladorlik davrida ayolni hech qanday kasallik bezovta qilmasa, birinchi uch oylik oxiri va ikkinchi uch oylik davrida samolyotda uchish xavfsiz hisoblanadi.

2.     Birinchi 8 haftalikda samolyotda uchish qat`iyan man etiladi. Shuningdek, uchinchi uch oylikda ham samolyotda uchish tavsiya etilmaydi, chunki ona organizmi tug`ishga tayyorgarlik ko`rayotgan bo`ladi. Bu davrda samolyotda uchish muddatdan oldingi tug`riqni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham bir qator aviakompaniyalar homiladorlikning oxirgi oylarida samolyotda uchishni taqiqlab qo`yganlar.

3.     2 ta va undan ortiq bolaga homiladorlikda va sun`iy urug`lantirish yo`li bilan homilador bo`lganda ham uchish mumkin emas.

4.     Agar homilador ayol o`zini yaxshi his qilayotgan bo`lsa, genekolog shifokorning ruxsati bilan uchish mumkin. Imkonini topsangiz, biznes klassda uching, u erdagi o`rindiqlar yumshoq va qulayroq hisoblanadi.  

5.     Agar safaringiz uzoq davom etsa, ora-orada turib yurib, oyoq chigalini yozing.

6.     Bachadon tonusi yuqori bo`lgan ayollar ham samolyotda uchmay turganlari maqul, aks holda homila tushishi xavfi kuchayadi.

7.     Agar homilador ayolda samolyotda uchishga qarshi sabablar bo`lsa yoki balandlikdan qo`rqsa, safarga chiqishning boshqa yo`llarini qidirishga to`g`ri keladi. Masalan, avtoulov yoki poezdda safarga otlaning.

Boshqa yangiliklar