AsosiySalomatlik

Yo`talni davolashning qanday oddiy usullari bor?

Elmira MUHAMMADIEVA, shifokor:

– Yo`talayotgan paytda ko`proq suyuqlik ichishga harakat qiling. Shunda balg`am oson ko`chadi. Oddiy suvdan tashqari tog` jambili damlamasini ichish, ayniqsa, foydali.

Bir stakan qaynoq suvga 1-2 osh qoshiq maydalangan tog` jambili solib damlanadi va ichimlik kuniga 2-5 mahal bir oshqoshiqdan qabul qilinadi.

Tog` jambili damlamasi tomirlarni kengaytirib, yo`tal kuchayganida talvasa tutishi (sudoroga)ga qarshi ta`sir ko`rsatadi.

Agar yo`tal bir hafta davomida o`tib ketmasa, shifokorga uchrang.

Boshqa yangiliklar