AsosiySalomatlik

Organizmingizga qaysi vitamin etishmayapti?

Barchamizga ma`lumki, qish faslida organizmimiz zaiflashib qoladi, vitaminlarga bo`lgan ehtiyoj esa yanada ortadi. Gipovitaminozning oldini olish uchun tanangizda bo`layotgan o`zgarishlarni etibordan chetda qoldirmang va shifokor bilan maslahatlashgan holda organizmga kerakli darmondorilarni etkazib bering.

1.    A vitamini. Terining єuruqshashi, sochlarning siyraklashishi, tirnoqlar sinuvchanligi, labdagi yorilishlar, og`iz bo`shlig`ining kasallanishi, ko`rish qobiliyatining pasayishi, toshmalar aynan shu darmondori etishmayotganining alomatlari hisoblanadi.

2.    B1 vitamini. Diareya va qayt qilish, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, ishtaha va qon bosimi tushishi, yuqori ta`sirchanlik, yurak aritmiyasi, oyoq-qo`l uchining muzlashi, qon aylanishining buzilishi.

3.    B2 vitamini. Stomatit va og`iz chetlarida yorilishlar, kon`yuktivit, ko`zdan suv (yosh) oqishi va ko`rish qobiliyatining sustlashishi, ko`z ustki qismi pardasining hiralashuvi va yorug`likdan qo`rqish kasalligi, og`iz bo`shlig`ida quruqlik.

4.    B3 vitamini. Kuchsizlik va surunkali charchoє, doimiy bosh og`riqlari, xavotirlilik va asabiylashish, yuqori qon bosimi.

5.    B6 vitamini. Bemajollik, to`satdan xotira sustlashishi, jigar atrofida og`riqlar, dermatit.

6.    B12 vitamini. Kamqonlik, soch to`kilishi, gastrit.

7.    S vitamin. Immunitet tushib ketishi natijasida umumiy bemadorlik, vazn tushishi, ishtahaning yomonlashishi, milklar qonashi, shamollash va infeksiyalarga moyillik, burundan qon ketishi, og`izdan yoqimsiz hid kelishi.

8.    Vitamin D. Bolalarda lanjlik va kamharakatlilik, uyquning buzilishi va yomon ishtaha, qaysarlik, raxit, immunitet va ko`rish qobiliyatining sustlashishi, moddalar almashinuvining buzilishi, suyak to`qimalaridagi muammolar.

9.    D3 vitamini. Fosfor va kalsiyning qiyin o`zlashtirilishi, tishlarning kech chiqishi (bolalarda), uyquning buzilishi (cho`chish, alaxsirash), mushaklar tonusining pasayishi va suyaklar sinuvchanligi.

10.  Vitamin E. Allergiyaga moyillik, mushaklar distrofiyasi (oziqlanishining buzilishi), oyoqlardagi og`riqlar, oshqozon yarasi va tromboflebitning paydo bo`lishi, qadam tashlashning o`zgarishi, pigment dog`lar paydo bo`lishi.

Boshqa yangiliklar