AsosiySalomatlik

Burun bitib qolganida nima qilish zarur?

Naima UBAYDULLAEVA, tibbiyot fanlari nomzodi:

– Aslida, burun bitishi tumovdan darak beradi. Bunday paytda  shilliq modda ajralishi bilan burun bo`shlig`idagi bakteriyalar va boshqa infeksiya qo`zg`atuvchilar chiqib ketadi.

Organizmning kasallik qo`zg`atuvchi bakteriyalardan xalos bo`lishi uchun burunni dengiz tuzi yoki iste`mol sodasi qo`shilgan eritma bilan yuvish kerak. Bunda boshni yon tomonga egib, burunning bir teshigiga eritmani oz-ozdan quyish lozim. Shunda eritma burunning ikkinchi teshigidan oqib chiqadi.

Burun bitib qolganida ko`pchilik dorixonada sotiladigan maxsus tomchilardan foydalanadi. Lekin bunday tomchilarni keragidan ko`p ishlatish oqibatida burun shilliq qavati qurib qolishi mumkin. Natijada, bakteriyalar ko`payishda davom etadi. Agar burun bitishi sizni juda qiynayotgan bo`lsa, shifokor maslahati bilan ish tuting. 

Boshqa yangiliklar